Viloyat miqyosidagi mazkur tanlov uç bosqiçda ötkazilib, iştirokçi-kitobxonlar “Özbek adabiyoti bilimdoni”, “Jahon adabiyoti bilimdoni” va “Zukko kitobxon” şartlari böyiça sinovdan ötişadi.
Tuman hokimi yoşlarni mazkur tanlov şartlari bilan taniştirdi.



Bobirbek Yuldaşevning ma'lumot berişiça, tanlovning final bosqiçida 1-örin sohibi bölgan kitobxon ota-onasi bilan Dubay şahriga sayohat uçun yöllanmani, 2-örin egasi ota-onasi bilan yurtimizning tarixiy va betakror şaharlari Samarqand, Buxoro, Xiva va Toşkent şahriga sayohat yöllanmasini qölga kiritadi. 3-örinni egallagan kitobxon maişiy texnikalar jamlanmasi bilan taqdirlanadi.


“Yurtimiz kelajagi bölgan yoşlarga öz ustida işlab, kitob mutolaa qilib, ota-onasini dunyoning eng gözal şaharlaridan biriga, mamlakatimizning qadimiy şaharlariga olib boriş imkoniyatini beryapmiz. Ötgan yili ham viloyatimiz hokimi Şuhratbek Abdurahmonov taşabbusi bilan mana şunday tanlov ötkazganmiz. Yoşlarda qiziqiş juda katta böldi. Bu yil sovrinni özgaça qildik. Maqsadimiz, kelajak avlod vakillarini kitob öqişga tarğib qiliş”, deydi Marhamat tumani hokimi.
Marhamat tumani hokimligi matbuot xizmati Ⓣ












