Bugun, 27 may kuni kuni Xalq deputatlari Marhamat tumani Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi ötkazildi. Unda Andijon viloyat hokimi Şuhratbek Abdurahmonov iştirok etdi va ma'ruza qildi.

Sessiyada taşkiliy masala körib çiqilib yangi tuman hokimi tayinlandi.

Kun.uz muxbiri xabar berişiça, şu kungaça Özbekiston Respublikasi prezidenti administratsiyasi mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan işlaş şö'basi boş inspektori lavozimida işlab kelayotgan Bobirbek Bahodiroviç Yuldaşev tumanning yangi rahbariga aylangan.

Bobirbek Yuldaşev 1986 yilda Andijon şahrida tuğilgan, 2008 yilda Andijon muhandislik iqtisodiyot institutini (sirtqi) tamomlagan.
2005-2006 yillarda Andijon şahar statistika bölimi iqtisodçisi sifatida mehnat faoliyatini boşlagan. 2006-2009 yillarda Andijon viloyati statistika boşqarmasida faoliyat yuritgan, 2009-2018 yillarda Andijon viloyati hokimligida turli lavozimlarda işlagan, 2018-2019 yillarda Özbekiston Respublikasi prezidenti administratsiyasi mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan işlaş şö'basi yetakçi inspektori sifatida işlagan, 2019 yildan hozirgaça uşbu şö'ba boş inspektori lavozimida faoliyat yuritayotgandi.
Eslatib ötamiz, 19 may kuni prezident iştirokida Tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan qöşimça çora-tadbirlar böyiça ötkazilgan videoselektorda tadbirkorlar bilan işlaşda sustkaşlikka yöl qöygan ayrim tuman va şahar hokimlarini vazifasidan ozod qiliş böyiça körsatma berilgandi. Xususan, Böstonliq, Muborak, Yakkaboğ, Törtköl, Söx tumanlari va Ohangaron şahri qatorida Marhamat tumanida ham tadbirkorlar tomonidan e'tirozlar köpligi ma'lum bölgani aytilgandi.
2017 yildan buyon Marhamat tumaniga hokimlik qilib kelgan Şuhratbek Qamçiyev 2020 yilning 21-22 may kunlarida prezidentning Andijon viloyatiga safari davomida
















