5 may kuni Qöyliq dehqon bozorida savdo nuqtalari buzilayotgani haqida xabar tarqaldi. Voqea joyida bölgan Kun.uz muxbirining aniqlaşiça, bozor taşqarisida savdo qiluvçilarning joylari sud qarori asosida noqonuniy deb topilib, ularning joylarini buziş boşlangan. Savdogarlarga içkaridagi rastalardan joy taklif qilinyapti. Kun.uz muxbiri bozor ma’muriyati vakili va sotuvçilarga mikrofon tutdi.

Ma’lum bölişiça, Bektemir tumani hokimligi “Qöyliq dehqon bozori” AJga nisbatan bozor taşqarisida, yöl böyida joylaşgan yer uçastkasidagi özboşimçalik bilan egallangan va ruxsatsiz qurilgan 3 441 kv.m dan iborat qurilmalarni buzib taşlaş va yer uçastkasini böşatiş böyiça Toşkent tumanlararo iqtisodiy sudiga da’vo arizasi kiritgan.

Sudning 2024 yil 24 iyuldagi hal qiluv qarori bilan, da’vo qanoatlantirilgan.

Şu qaror asosida, 2025 yil 5 may kuni 60 dan ortiq dökonni buziş boşlangan.

Bozor ma’muriyati vakili Mahmud Husanov Kun.uz bilan suhbatda sud qarorining ijrosi ta’minlanayotgani, buzişdan oldin savdogarlar ogohlantirilgani, joyi buzilayotgan sotuvçilarga bozor içkarisidan joy berilayotganini aytdi.

Joyi buzilişga tuşgan savdogarlarning hammasi ham faoliyat yuritgan savdo nuqtasini noqonuniy deb hisoblamaydi. Çunki ular yillar davomida elektr energiyasi, ijara haqi, YaTTlar uçun belgilangan soliqni tölab kelişgan, ayrimlari qonuniy işlaş uçun terminal ham olgan.

Şu bilan birga, savdogarlar ularga bozor ma’muriyati tomonidan bozor içkarisida faoliyatini davom ettiriş taklif etilayotgani, buning uçun joy ajratib berilayotganini tasdiqladi. Sotuvçilarning ayrimlari içkarida savdo yaxşi bölmasligidan xavotirda.

“Faqat noqonuniy joylar buzilmoqda. Tadbirkorlar köçada qolgani yöq. Bozor faoliyat körsatib turibdi. Asosan oldi tomondagi dökonlar va Töytepaga ketiş tomonda yöl böyidagi kartoşka-piyoz, pomidor-bodring sotadigan joylar bor edi – ularning hammasi sud noqonuniy deb qaror çiqardi”, – deydi ma’muriyatdan Mahmud Husanov.