Bu video, tuman hokimligi axborot xizmatiga köra, “Qadriyat” mahallasida joylaşgan köp qavatli uylarda kuz-qiş mavsumini betalafot ötkaziş maqsadida aholi bilan uçraşuv jarayonida olingan.
Qiziği, mazkur tasvir ortidan jazoni hokim emas, balki uni hokimlikning internetdagi sahifasiga joylaştirgan xodimlar olgan.
“Uşbu jarayon onlayn tarzda tuman hokimligining rasmiy Telegram-kanalida berib borilgan va muhokamalarga sabab bölgan video e’tiborsizlik tufayli joylangan. Bölib ötgan holat yuzasidan mas’ul hodimlarga nisbatan tuşuntiriş işlari olib borildi va belgilangan tartibda çora körildi”, – deyiladi rasmiy axborotda.
Körinib turibdiki xalq bilan mensimay gaplaşgan hokim qilar işni qilgan, jazoni esa oddiy xodimlar olgan. Holatga viloyat hokimligi munosabat bildirişi maqsadga muvofiq.
Bu – tuman hokimining muammolardan birinçi marta “aylanib ötişi” emas. Avvalroq Kun.uz'ning “Asakaça iş uslubi: örganilmayotgan va e’tiborsiz qoldirilayotgan muammolar” sarlavhali maqolasiga javoban, hokimlik maqoladagi faktlar göyoki “eski xabarlarning tahrirlangani” deya iddao qilingani haqida xabar bergandik.
Ma’lumot uçun, Mansurbek Alixonov “Yoşlar forumi–2021” festivali doirasida özbek jang san’ati böyiça çiqiş qilgani bilan ham e’tiborga tuşgandi.

Jalaquduq tumani IIB boşliği lavozimida faoliyat yuritgan Alixonov 2020 yilning 9 sentyabrida hokimga aylangan.







