Qizlar va ayollarni ta'qib va zöravonlik holatlaridan himoya qiliş böyiça qonunçilikka taklif tayyorlanmoqda. Bu haqda Adliya vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi Kun.uz'ga xabar qildi.

Ma'lum qilinişiça, Adliya vazirligi tomonidan xotin-qizlarni tazyiq va zöravonlikdan himoya qiliş bilan boğliq muammolar tahlil qilinib, ularning oldini oliş böyiça qonunçilikni takomillaştiriş yuzasidan bir qator takliflar işlab çiqilgan.

Qayd etilişiça, qonunçilikda “ta'qib etiş” (stalking), ya'ni qizlarni, ayollarni orqasidan kuzatib yuriş tuşunçasi kiritilmagan hamda bu holatdan himoyalaniş mexanizmlari ham yöq.

Bu holatlarning oldini oliş maqsadida qonunçilikka “ta'qib etiş” (stalking) tuşunçasini kiritiş va ta'qib ostida qolgan xotin-qizlarga ham himoya orderi beriş tizimini joriy etiş taklif etilmoqda.

Şuningdek, qonunçilikda iş va öqiş davomida tazyiq va zöravonlikka uçragan ayollar iş beruvçisining yoki ta'lim muassasasi rahbarining javobgarligi belgilanmagani tufayli bunday holatlarga çek qöyiş uçun jabrlanuvçi va tazyiq ötkazgan şaxs örtasidagi har qanday aloqalarni çeklaş tartibini joriy etiş taklif etilmoqda.

Tahlillarda xotin-qizlarning turli körinişdagi rasmlari, videolarini tarqatiş orqali ularning şaxsiy hayot daxlsizligini, ayniqsa intim hayot daxsizligini buziş holatlari köplab uçragani aniqlangan. Şuni inobatga olib, ayollarning şaxsiy hayotiga turli tajovuzlarning oldini oliş maqsadida, şaxsiy hayot daxlsizligini töliq kafolatlagan holda, ularning intim hayot daxlsizligini buzganlik uçun alohida javobgarlik joriy etiş nazarda tutilmoqda.

Yana bir muammo sifatida ayollarni reabilitatsiya qiliş va moslaştiriş böyiça markazlari zöravonlikka uçrayotgan ayollarni töliq qamrab ololmayotgani keltirilgan. Buni hal qiliş uçun sohaga xususiy tadbirkorlarni jalb qiliş, xususan, tadbirkorlarga yer ajratişda, davlat bino va inşootlaridan foydalanişda, soliq, davlat grantlari, subsidiyalar, ijtimoiy buyurtmalar kabi turli yönalişlarda imtiyozlar beriş közda tutilmoqda.

Bundan taşqari, ayollarga gap otiş va boşqa nafsoniyatga tegadigan izohlar berişni taqiqlaş va uşbu harakatlar uçun ma'muriy javobgarlik çorasini belgilaş, şu bilan birga ayollarga şikast yetkaziş holati uçun javobgarlik çoralarini kuçaytiriş taklif etilmoqda. Qöşimça qilinişiça, Belgiya, Portugaliya, Argentina, Kanada, Yangi Zelandiya va AQŞ kabi davlatlarda bunday harakatlar mayda huquqbuzarlik sifatida baholanib, 750 yevrogaça jarima solişga sabab böladi.