Vazirlar Mahkamasi tomonidan «Prezident ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholaş markazi faoliyatini taşkil etiş töğrisida»gi qaror qabul qilindi.

Hujjat prezidentning «Prezident, ijod va ixtisoslaştirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qaroriga muvofiq qabul qilingan.

Prezident ta’lim muassasalari agentligi huzurida yuridik şaxs maqomiga ega bölgan Pedagogik mahorat va xalqaro baholaş markazi taşkil etildi.

Markaz davlat muassasasi hisoblanadi. Markazning ustav fondi miqdori agentlik tomonidan belgilanadi hamda Iqtidorli yoşlarni qöllab-quvvatlaş jamğarmasi mablağlari hisobidan şakllantiriladi. Markaz direktori Agentlik tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

Quyidagilar markazning asosiy vazifalari va faoliyat yönalişlari etib belgilandi:

  • agentlik tizimidagi rahbar va pedagog xodimlarni uzluksiz kasbiy rivojlantiriş, ularning malakasini oşiriş kurslarini xalqaro taşkilotlar bilan hamkorlikda taşkil etiş;
  • xalqaro taşkilotlar bilan hamkorlikda agentlik tizimidagi ta’lim muassasalaridagi öquvçilarning bilim va könikmalarini baholaş va sertifikatlaş;
  • agentlik tizimidagi ta’lim muassasalari bitiruvçilarini yakuniy davlat attestatsiyasidan ötkaziş hamda milliy sertifikatlaş tizimini işlab çiqiş va joriy etiş;
  • ta’lim va ilmiy-tadqiqot sohalariga doir innovatsion loyihalarni amalga oşiriş;
  • agentlik tizimidagi pedagog kadrlarning malakasini oşirişga qöyiladigan davlat ta’lim talablarini işlab çiqiş.

Quyidagilar markaz faoliyatini moliyalaştiriş manbalari etib belgilandi: şartnoma asosida xizmatlar körsatişdan, şu jumladan ta’lim xizmatlaridan olinadigan daromadlar; Iqtidorli yoşlarni qöllab-quvvatlaş jamğarmasi mablağlari; yuridik va jismoniy şaxslarning homiylik xayriyalari; xalqaro moliya taşkilotlari va xorijiy davlatlarning grantlari va texnik kömaklaşiş mablağlari; qonunçilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boşqa manbalar.
 
Markaz tuzilmasi tasdiqlandi. Agentlik direktoriga zarur hollarda, markaz tuzilmasiga xodimlarning umumiy çeklangan soni doirasida özgartirişlar kiritiş huquqi berildi. Markaz Toşkent şahri, Yaşnobod tumani, Maxtumquli köçasidagi IT-park binosida joylaştiriladi.