13 dekabr kuni Toşkentda Özbekiston va AQŞ örtasidagi Strategik şeriklik muloqotining birinçi uçraşuvi bölib ötdi.
Mazkur muloqotning boşlanişini – tomonlar özaro hamkorlikni kengaytiriş niyatida ekanidan dalolat, deya qayd etdi Özbekiston taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov tadbir avvalida.
Muloqotda Amerika tomoniga davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo işlari böyiça yordamçisi Donald Lu rahbarlik qildi.


Kun davomida muloqotlar beşta seksiyaga bölingan holda taşkil etildi, ularda siyosiy, iqtisodiy, madaniy, xavfsizlik va inson huquqlari TIV rasmiy reliziga köra, uçraşuvda AQŞning Özbekiston Respublikasi mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini qöllab-quvvatlaş borasidagi doimiy va qat'iy pozitsiyasi yana bir bor tasdiqlandi. AQŞ hukumati Özbekistonda iqtisodiyotni liberallaştiriş, inson huquqlarini himoyalaş, demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantiriş borasidagi işlarni faol qöllab-quvvatlaşga tayyorligi ma'lum qilindi.


Tomonlar "C5+1" mexanizmi doirasidagi özaro hamkorlikni jadallaştiriş va uşbu formatni salmoqli natijalarga erişiş darajasiga olib çiqiş lozimligini qayd etdi.
Delegatsiyalar terrorizm va ekstremizm tahdidlariga qarşi kuraşiş, Afğonistonda tinçlik jarayonini ilgari suriş, mamlakatni mojarodan keyingi tiklaş va afğon xalqiga gumanitar yordam körsatiş böyiça birgalikdagi sa'y-harakatlarni davom ettirişga kelişib oldi.












