AQŞ tomonidan qöllangan bombalar Naxa portidagi qaziş işlari vaqtida topilgan. Ular dengizga tuşirilib, Yaponiya mudofaa kuçlari sapyorlari tomonidan portlatib yuborilgan. Telekanal efirida bombalar portlatilgaç, suv ustida 20 metr balandlikda loyqa suv devori kötarilgani körsatilgan. Ta’kidlanişiça, öq-dorilarni yöq qiliş amaliyoti 1995 yildan beri Naxada ötkazilgan eng yirigi bölgan.
NHK ma’lumotlariga köra, Okinava hududida har yili 20 tonnaga yaqin portlamay qolgan bomba va snaryadlar yöq qilinadi.
Okinava oroli uçun Yaponiya va AQŞ örtasida keçgan jang 1945 yil 1 aprelda boşlangan va 82 kun davom etgan. Jang Itoman şahrida yapon garnizoni qömondoni general-leytenant Mitsuru Usidzima öz ştabining köplab a’zolari bilan birga öz jonlariga qasd qilgaç, 23 iyunda yapon qöşinlarining kapitulyatsiyasi bilan yakunlangan. Biroq bundan bexabar ba’zi yapon otryadlari sentyabrgaça qarşilikni davom ettirgan.













