Namangan viloyatining Chust tumanida shu kungacha “Universalbank”ning mini-banki faoliyat yuritib kelayotgan edi. Faol rivojlanayotgan bank mijozlari soni 11 mingdan oshdi. 14 dekabr kuni tuman markazida “Universalbank” filiali muhtasham binosining ochilish marosimi o‘tkazildi.


Tadbirni Chust tumani hokimining o‘rinbosari Jamshid Bahodirov ochib bergach, sektor rahbarlari o‘z tilaklarini bildirdilar. “Universalbank” kuzatuv Kengashi raisi Anvar Irchayev tuman ahli va bank mijozlarini ish yuritish uchun barcha qulayliklarga ega bank filiali binosining ochilishi bilan tabrikladi.




Mutasaddilar va mehmonlar yangi inshootda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.







“Ta’kidlash joizki, bu yil bankimiz uchun omadli yil buldi. Chust filiali joriy yilda faoliyat yuritishni boshlagan ikkinchi filialimizdir. Mijozlarimiz, hamkorlarimiz ishonchi tufayli “Universal bank” rivojlanmoqda, kengaymoqda. Moslashuvchan tariflar, mijozlar biznesining o‘ziga xos xususiyatlariga individual yondashuv, bozor ehtiyojlariga mos ravishda yangi zamonaviy bank mahsulotlarini ishlab chiqarish – bankimiz asosiy yo‘nalishlari.
















