Pul Unired ilovasi orqali turli banklarning kartalaridan öğirlanganligi ma’lum qilindi.

11 noyabr kuni ertalab ba’zi Universalbank mijozlari kartalarida mablağ yetişmayotganligiga duç kelişgan. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar berdi.

Bugungi kunda Universalbank Kiberxavfsizlik markazi bilan birgalikda uşbu holatni tekşirmoqda.

Sönggi ma’lumotlarga köra, antifrod tizimi muammolarni aniqlagan, bank Unired ilovasidagi barça jarayonlar vaqtinçalik töxtatilgan. Bir neça yuz million söm Universalbank tomonidan muzlatilgan.

"Biz bölib ötgan voqealarga jiddiy yondaşamiz va tegişli organlar bilan yaqindan hamkorlik qilib, uşbu voqeani tekşirmoqdamiz. Sodir bölgan noxuşlik sababli, bankimiz Unired ilovasidagi barça operatsiyalarni vaqtinça töxtatdi. Uşbu qaror mijozlarimizning mablağlarini himoya qilişni kuçaytirişga qaratilgan ehtiyot çorasi sifatida qabul qilindi. Şuningdek, biz bankning antifrod tizimi orqali muzlatilgan mablağlarni qaytariş uçun barça zarur çoralarni körmoqdamiz", - deya xabar beradi bank matbuot xizmati.

Universalbank bank xizmatlarining yuqori darajadagi xavfsizligi va işonçliligini ta’minlaşga sodiqligini ta’kidlab, zarar körgan mijozlardan Toşkent şahar IIBB kiberxavfsizlik bölimiga yoki bankning Afrosiyob köçasi, 14 manzilda joylaşgan ofisiga murojaat qilişlarini söraydi. Huquqni muhofaza qiluvçi organlar vaziyatni töla örganib çiqqaç, mijozlarga pul qaytariladi.  

Qöşimça ma’lumot olişni xohlovçilar mijozlarni qöllab-quvvatlaş xizmatiga (+998 (71) 200-11-10) murojaat qilişlari mumkin.