Mobius Capital Partners investitsiya kompaniyasi asosçisi Mark Mobius dunyo zaxira valutasi sifatida dollarning örnini egallaşi mumkin bölgan valutani aytdi.

“Yuanda boşqa valutalarga nisbatan imkoniyat köproq deb öylayman. Birinçidan, oltin zaxiralari ösmoqda. Xitoy eng yirik oltin işlab çiqaruvçilardan biri”, dedi u.

Uning fikriça, Pekinning boşqa mamlakatlar bilan yuandan zaxira valuta sifatida foydalaniş töğrisidagi kelişuvlari ikkinçi muhim omil hisoblanadi.

Mobius rivojlanayotgan bozorlarga möljallangan xalqaro siyosatni işlab çiqişdagi muhim şaxslardan bölgan. U Jahon bankining ekspertlar guruhida faoliyat yuritgan, 2011 yilda Bloomberg Markets jurnalining “50 nafar eng katta ta’sirga ega insonlar” röyxatiga kiritilgan.

Mark Mobius Asia Tatler jurnalida “Boylik töğrisida” deb nomlangan ruknda turkum maqolalarini berib boradi.