22 fevral kuni Özbekiston futbol assotsiatsiyasining navbatdan taşqari saylov Kongressi bölib ötadi.

«Assotsiatsiya nizomiga binoan, Kongress ötkazilgunga qadar ÖFA prezidenti vazifalari ÖFA birinçi vitse-prezidenti zimmasiga yuklatiladi», – deyiladi taşkilot xabarida.

Abdusalom Azizov ÖFAni 2019 yil 15 iyuldan buyon boşqarib kelayotgandi.

U 2017 yil yanvar–sentabr oylarida içki işlar vaziri, 2017 yil sentabrdan 2019 yil fevralgaça mudofaa vaziri lavozimlarida faoliyat yuritgan, şundan keyin 5 yil davomida Davlat xavfsizlik xizmatiga rahbarlik qilib, 2024 yil noyabr oyi oxirida işdan olingandi.

Dekabr oyida u Özbekiston prezidentining ijtimoiy-siyosiy, diniy-ma’rifiy va yoşlar masalalari böyiça maslahatçisi (Ruslanbek Davletov)ning yoşlar masalalari böyiça örinbosari etib tayinlandi.