Soat kunduzgi tört böldi, bajarişingiz kerak bölgan işlar esa millionta. Keçgaça bariga ulgura olmasligingizni bilasiz. Har bir işni öz vaqtida bajariş haqida öylab, asabiylaşasiz. Uyga kelgaç esa işdagi vazifa va suhbatlar haqida öylaşda davom etasiz. Natijada miriqib dam ololmaysiz.

Agar şu kabi hislar sizga taniş bölsa, bilingki, yolğiz emassiz. Iş tufayli yuzaga kelgan xavotir – keng tarqalgan holat. AQŞ xavotir va depressiyaga qarşi kuraş assotsiatsiyasi ma’lumotlariga köra, 56 foiz kişilar iş bilan boğliq xavotirlardan aziyat çekadi.

Doimiy taşvişda yaşaş mehnat va unumdorlik sifati aziyat çekişiga olib keladi. Salomatlik töğrisida esa gapirmasa ham böladi. Xavotirni yengişda yordam beradigan beş usul quyidagilardan iborat:

1. Özingizni tinçlanişga majburlamang

Çuqur nafas oliş va sukunatda ötirişga şoşilmang. Harvard biznes maktabi xodimi Elison Vud Bruks fikriga köra, bunday yondaşuv yordam bermaydi. Tinçlanişga uriniş örniga u hayajonni ilhomga aylantirişni tavsiya qiladi.

Öz holatingizni tan oling. Masalan, asabiy zöriqiş va xavotirdan titrayapsiz. Ularga qarşi kuraşiş uçun ortiqça vaqt sarflamang va işga kirişing. Kuçingizni ijobiy tomonga yönaltirişga intiling va undan vazifalarni bajariş va maqsadga erişiş yölida foydalaning.

2. Bir vaqtning özida bir neça vazifa bajarişni bas qiling

Bir neça vazifani bajariş kerak bölganida qaror qabul qilişdan çarçaş tabiiy holat. Bir neçta vazifa orasidan bittasini tanlaş va dastlab qaysi işni bajariş kerakligini hal qiliş zarur. Kun davomida odatda zöriqiş kuçayadi, u bilan birga esa xavotir ham ortadi.

Ana şu holat oldini oliş uçun köp vazifani bajariş rejimida işlamang. Çunki mazkur vaziyatda finiş çiziği – iş bajarilgan vaqtni sezmay qolamiz. Bu his esa samaradorlik uçun juda muhim: aynan şunday fursatlar biror nimaga erişganlik hissini beradi.

Bir neça işga çalğib, birortasini bajarmagandan köra, yagona bir işni bajariş yaxşi ekanini özingizga eslatib turing. Bir vaqtning içida bir neça vazifani bajarmoqçi ekaningizni payqasangiz, asabiylaşmang va diqqatni faqat bitta işga qarating.

Agar ularning barçasi muhim bölsa, ulardan istalgan bittasini tanlang va ular haqida öylaş uçun qöşimça vaqt sarflamang. Ana şu vazifani kiçik qadamlarga böling va ularni birin-ketin bajaring.