«Korrupsiyaga qarşi kuraşga qarşi kuraş» – Blogerlarning hafta mavzulari
|00:07 / 20.12.202117 42610 min
Yakunlangan haftada özbek blogosferasining e’tibori orginfo.uz sayti muallifini sudga bergan Statistika qömitasiga qaratildi. Jamoatçilik faollari dasturçi yigit tomonidaligini bildirmoqda.
Foto: APFoto: AP
17 dekabrda yuridik şaxslarning elektron reyestrini yurituvçi orginfo.uz sayti asosçisi Bobomirzo Hamroqulovga nisbatan içki işlar organi tomonidan ma’muriy iş oçilgani yuzasidan maqola e’lon qilindi. Bunga Davlat statistika qömitasining arizasi sabab bölgani aytildi.
Bu jamoatçilik faollarining tanqidlariga sabab böldi.
Asossiz ayblov: Statistika qömitasi özi eplolmagan işni qilgan sayt asosçisi ustidan şikoyat kiritdi
Huquqşunos va bloger Xuşnud Xudoyberdiyev dasturçiga qöyilgan ayblov asossizligiga e’tibor qaratdi.
«Statistika qömitasi özi şunça yildan buyon eplolmayotgan işni qilgan orginfo.uz sayti asosçisi ustidan şikoyat kiritibdi. Ayblov esa asossiz.
Bu qanaqa sayt?
Internetda orginfo.uz degan sayt bor. Unda korxona, taşkilotlar va MÇJlar, ularning ta’sisçilari, direktori, oçilgan sanasi va boşqa ma’lumotlarni oliş mumkin. Bu sayt oddiy bir dasturçi özbek yigiti tomonidan yaratilgan. Saytdagi ma’lumotlar osmondan olinmaydi, töqib çiqarilmaydi yoki qandaydir hakerlik usuli orqali öğirlab olinmaydi. Şunçaki Davlat statistika qömitasining stat.uz saytidagi OÇIQ VA RASMIY MA’LUMOTLAR bazasidan oladi.
orginfo.uz afzalligi nimada?
Xöş, orginfo.uz sayti şunçaki Statistika qömitasi bazasining dublikati bölsa, unda nima muammo? Gap şundaki, Statistika qömitasi saytidan ma’lumot qidiriş juda qiyin va noqulay. Masalan, stat.uz saytidan biror MÇJ haqida ma’lumot oliş uçun uning STIR (INN) raqamini bilişingiz kerak. Bundan taşqari, MÇJ ta’sisçilarining boşqa firmalarini topib bölmaydi. Yoki ism-şarif orqali ma’lumot topişning ham iloji yöq.
orginfo.uz saytida esa aksinça, amaldorlarning ism-familiyalarini yoki şunçaki firma nomlarini yozgan holda ma’lumotlarni oson va qulay topiş mumkin. Bundan taşqari, bu sayt Intellektual mulk agentligining savdo belgilari böyiça oçiq bazasi bilan ham integratsiya qilgan. Şunçaki oddiy misol mana bu.
Muammo nimada?
Statistika qömitasi özining qölidan kelmagan işni qilgani uçun orginfo.uz saytidan xafa bölgan şekilli, ustidan şikoyat qilibdi. Bunga asos qilib, orginfo.uz sayti har 10 kunda yangilanişi, bu muddat içida ayrim firmalar ma’lumoti özgarib qolgan bölişi, bu esa ikki xil ma’lumotni körgan investorlar va boşqalarda işonçsizlik paydo qilişini aytişibdi.
Mavzuga oid
U qanaqa ahmoq investorki, davlatning rasmiy taşkiloti bazasi böla turib, har 10 kunda yangilanadigan va bu haqda ogohlantirib yozib qöygan norasmiy saytga işonsa? Xullas, yemagan bahona.
Undan köra, ayrim kattakonlarga şubhali tenderlarda ğolib bölayotganda, davlatning katta mulklarini sotib olayotganda yoki boşqa holatlarda jurnalistlar, blogerlar va keng aholi osongina ularning biznesi haqida ma’lumot topayotgani yoqmayapti, deb qöya qolinglar.
Nima ayb qöyilmoqda?
orginfo.uz saytini yaratgan dasturçi Boburmirzo Hamroqulovga nisbatan Andijon viloyati Asaka tumani IIB tomonidan MJtKning 202-2-moddasi (yolğon axborot tarqatiş) böyiça ma’muriy iş oçilibdi. Ammo bu ayb mutlaqo asossiz qöyilgan, deb hisoblayman. Içki işlar xodimi yoki şoşib qolgan, yoki malakasizlik qilgan.
202-2-moddada şunday deyiladi: «Şaxsning qadr-qimmati kamsitilişiga yoki uning obrösizlantirilişiga olib keladigan yolğon axborotni tarqatiş».
Xöp, orginfo.uz saytida qanday yolğon xabar tarqatilgan? Va bu ma’lumot kimning qadr-qimmatini kamsitibdi? «Milliard tuda, milliard suda» qilayotgan kattakonlarningmi?
Yana bir gap: davlat taşkiloti, umuman olganda birorta yuridik şaxs qadr-qimmati kamsitilgani haqida şikoyat qila olmaydi. Çunki taşkilotning qalbi bölmaydi va öz-özidan qadr-qimmati ham yöq. Bu modda bilan iş oçiş uçun öşa qadr-qimmati kamsitilgan ŞAXSning şaxsan özi ariza yozişi kerak. Xöş, kim şikoyat yozgan? Şunaqa ariza bormi içki işlar qölida?
Korrupsiyaga qarşi kuraşga qarşi kuraş
Statistika qömitasining bu işi Özbekiston jamiyatida korrupsiyaga qarşi kuraşayotganlar, oçiqlik va şaffoflik asosida davlat mulkini talon-toroj qilayotganlarni foş etayotganlarga qarşi kuraş bölibdi. Ya’ni oçiqlikni emas, yopiqlikni xohlayotganlarning işi bu. Özining ma’lumotini özidan yaxşiroq va qulayroq berayotganiga alami kelganlarning işi bu.
Umuman, bugungi Yangi Özbekiston siyosati şamoliga va oqimiga qarşi iş.
Umid qilamanki, Andijondagi sudyalarimiz bu holatda adolat va qonun tomonda bölişadi hamda turli bosimlarga uçişmaydi. Dasturçi yigitning harakatlarida heç qanaqa huquqbuzarlik yöqligini baralla ayta olişadi. Bunga işonaman», deb yozdi bloger.
«Statistika qömitasi biznes bilan çatişib ketgan muttaham amaldorlar himoyasiga çiqqanga öxşaydi»
Iqtisodçi Otabek Bakirov ham mavzuga e’tibor qaratib, Statqömning harakatlarini tanqid ostiga oldi.
Foydalanuvçilar biladiki, stat.uz sayti orqali xöjalik sub’yekti töğrisida ma’lumot oliş imkoniyatlari atayin çeklangan. Ya’ni qömita sayti yuridik şaxslarning manzili, rahbari va ta’sisçilari bilan boğliq ma’lumotlarni aks ettiradi, xolos.
Qömita saytidan farqli ölaroq orginfo.uz saytida yuridik şaxs, uning rahbari va ta’sisçilarining affillangan şaxslarini ham biratöla körsatiş imkoniyatlari mavjud. Sayt dasturçi Boburmirzo Hamroqulov tomonidan yaratilgan.
Qarangki, Statistika qömitasi orginfo.uz sayti yaratuvçisi ustidan IIVga şikoyat qilibdi.
Şunaqa çidamaslik böladimi? Bu nima özi? Statistika qömitasi kimni himoya qilyapti?
Vakolatlarini şaxsiy va qarindoş uruği bilan boyiş uçun işlatib yotgan, biznes bilan çatişib ketgan, har qadami manfaatlar töqnaşuvidan iborat amaldorlar keti oçilib qolayotganidan şunçalar taşvişdami?
Qaçondan buyon oçiq ma’lumotlar asosida servis yaratiş qonunbuzarlik bölib qoldi?
Uyat, qisqasi. Yangi Özbekistonni şarmanda qiliş uçun yana nimalar qilmoqçisizlar?» deb yozdi u.
«Statistika qömitasining örnida bölganimda bu yigitni işga olardim»
Iqtisodçi va «Zametki ekonomista» kanali muallifi Botir Qobilov oçiq ma’lumotlarni olişga qulaylik yaratganlarga tösiqlar emas, rağbat kerakligi haqida yozdi.
«Bir yoş dasturçi oçiq ma’lumotlarni olib, manbasini körsatib foydalanuvçilarga qulay sahifa yaratgan ekan. Natija nima deysizmi? Sudga berilibdi… Agar men Statistika qömitasining örnida bölganimda bu yigit qilgan foydali loyihasi uçun uni sudga beriş örniga işga tezda olgan bölar edim. Agar haqiqatan ham loyihasining kamçiligi bölsa unga yordam, maslahat bergan bölar edim.
Qimmatli kadr emasmi bu? Qömitada resurslar, şu jumladan işçi resurslari ham çeklanganini inobatga olsak, öz işini biladigan kadrlar kamida zarar qilmasdi.
Yoş talaba tekinga qilibdi şu sahifani, beğaraz niyatlar bilan. Aminman, bu va şunga öxşaş dasturçilarning bilimi va mahorati iş bozorida albatta talabga ega böladi va rağbatlantiriladi. Lekin faqat xorijdagi bozordan örin topsa nega dasturçilarimiz ketib qolyapti deb savol bermang.
Avvalroq şu dasturçi temiryöllari çipta va jadvallarini biladigan Telegram-bot ham qilgan ekan, u ham bloklanibdi… Xullas, hunari bor ekan, omad tilayman.
Bu yerda gap faqat qömita va şu dasturçi haqida emas, özi umuman olganda mamlakatimizda yoş dasturçilar, IT’ga bölgan e’tibor haqida köp eşitamiz, köramiz — bu yangilik öşa dasturçilarga salbiy messej bölib qolmasligini xohlar edim.
Oçiq ma’lumotlarni oliş va undan erkin foydalanişga biroz qulaylik yaratganlarga tösiqlar emas, rağbatlar bölişi kerak.
Lekin bu yangilikning bitta ijobiy tarafi bor — dasturçiga e’tirozlar sud orqali bölibdi. Avvalgidek telefon yoki norasmiy buyruqlar orqali emas», deb yozdi iqtisodçi.
Huquqşunos va bloger Zafar Solijonov Statqöm orginfo.uz saytini yaratgan dasturçi yigit himoyasiga har bir faol şoşilişi kerakligini ta’kidladi.
«Befarq bölmaylik. Şu vaqtgaça bir qança noqonuniy yoki adolatga töğri kelmaydigan ma’lumotlar olinişida va ularning jamoatçilikka xabar qilinişida bu bolaning hissasi katta böldi. Respekt!
Jaa tepaga qarab adolatni aytolmayapsizmi, haqiqatni gapirayotganlarning platformasiga ham burun suqmang. Tarix hammasini eslab qoladi», deydi u.
Huquqşunos va bloger Bahodir Ahmedov esa qömita şikoyati asosida içki işlar tergovçisi ham osongina iş qözğatib qöya qolganiga e’tibor qaratdi.
«Statistika qömitasi yolğon axborot tarqatiş böyiça boşqa şaxslar ustidan arz qiladigan kunlarga ham kelibmiz. Universitetda bir domlam aytardi, yolğonlar uç xil böladi: yolğon - super yolğon – statistika!» deb yozdi u.
Kurbanoff kanali muallifi Şuhrat Qurbonov bu borada munosabat bildirar ekan sayt (orginfo.uz) faqat Davlat statistika qömitasi resursidan ma’lumot olişi, bu şunçaki «galoçka» uçun emas, odamlar uçun qilinganini ta’kidlaydi.