Boltiq mamlakatlari mudofaa vazirlari Ukraina bilan hamjihat ekani va bu mamlakatga harbiy yordam berişga tayyorligini ma’lum qildi.
“Yordam turliça – ham harbiy, ham noharbiy... Ammo yordam berilişi aniq”, — dedi Litva mudofaa vaziri Arvidas Anuşauskas.
U Latviya va Estoniya mudofaa vazirlari Artis Pabriks va Kalle Laanet bilan mintaqaviy xavfsizlik masalalarini muhokama qildi.
Litva mudofaa vazirining ma’lum qilişiça, Ukrainaga harbiy-dala hospitali taqdim etilişi mumkin, şuningdek, teplovizorlar yetkazib berilmoqda.
Estoniya mudofaa vaziri Kalle Laanetning sözlariga köra, Rossiya vaziyatni yumşatişga urinmayapti, aksinça, qöşinlar joylaştirişda davom etmoqda va “bema’ni” talablarini ilgari surmoqda.
U bunday vaziyatda Ukrainani qöllab-quvvatlaş ustuvor vazifa bölib qolişini va Estoniya mudofaa vazirligi bu mamlakatga qöşimça mudofaa yordami beriş imkoniyatlarini izlayotganini aytdi.
Pabriks Ukraina hozirda Yevropa manfaatlarini himoya qilayotganini ta’kidladi.









