Universitet oçiliş marosimida viloyat hokimi Ergaş Saliyev, Sambhram Group rahbari doktor Nagaradj Venketej iştirok etdi. Universitetda 2021-2022 öquv yilida 1 ming 501 nafar talaba, ta’lim muddati 4 yil bölgan (kunduzgi) 3 ta bakalavr yönalişi va ta’lim muddati 2 yil bölgan 2 ta magistratura mutaxassisliklari böyiça qabul qilindi.

Uşbu universitet bitiruvçilariga Özbekiston va Hindistonda oliy ta’lim töğrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan diplom beriladi.

Foto: Jizzax viloyati hokimligi

Universitet öquv binosi kompyuterlar bilan töliq jihozlangan laboratoriya xonalari, 180 örinli konferensiyalar zali, 200 örinli oşxona binosi töliq rekonstruksiyadan çiqarilib, öqiş jarayonlari töliq boşlandi.

Bugungi kunda universitetda 260 örinli talabalar yotoqxonasi hamda 100 örinli professor-öqituvçilar uçun mehmonxona binosi ta’mirlanmoqda. Universitet faoliyatiga Hindistondan 6 nafar va Özbekistondan 30 nafar professor-öqituvçi jalb etilgan bölib, umumiy ilmiy salohiyat 30 foizni taşkil etadi.