Ta’kidlanişiça, Kimberli regionida mavsum oxirida yerga tuşgan mango mevalari quyoşda qolib, bijğib ketgan. Uşbu mevalar qizil qanotli tötiquşlarni öziga tortgan. Quşlar bijğigan mevadan yeb, mast bölib qolgan.
Veterinar Pol Merfi uşbu vaziyat bir qaraşda kulgili tuyulsa-da, ammo jiddiyligini aytgan. Köp quşlar “mastlik” oqibatida nobud bölgan.
“Odatda quşlar bundan bir neça kun aziyat çekadi. Alkogol ta’sirida ular lanjlaşib, töyib ovqatlanmaydi. Biz tötiquşlar uylar içiga oynalar orqali kirgani, yerda ötirgani va uça olmagani haqida xabarlar oldik. Ular bu holatda muşuklar va boşqa yirtqiçlar uçun oson öljaga aylanadi”, deb tuşuntirgan mutaxassis.
Mahalliy veterinarlar “özini ğalati tutayotgani” uçun odamlar tomonidan klinikaga olib kelingan tötiquşlardan 6tasini davolaşgan. Biroq aksariyat quşlar öz vaqtida yordam olmagani sababli etanoldan zaharlaniş oqibatida nobud bölgan.













