Unga köra, Özbekiston milliy jamoasi bu safar ham 1274 oçko bilan 84-örinda qolgan. Milliy jamoamiz yozda JÇ-2022 3-saralaş bosqiçiga çiqa olmagaç, bir poğona pastlab 83-örindan 84-poğonaga tuşgan edi.
Sreçko Katanets qöl ostida sönggi uç oyda 4ta öyinda 3 mağlubiyat (Şvetsiya 1:2, Iordaniya 0:3, Gruziya 0:1) va bir ğalaba (Malayziya 5:1) qayd etilişiga qaramay, Özbekiston reytingda öz örnini saqlab qoldi.
Osiyo mamlakatlari orasida eng katta ösiş Qatarda kuzatildi. JÇ-2022 mezboni bir oydayoq 51-örindan 48-poğonaga kötarilib, qit’ada törtinçi jamoaga aylandi. Eron peşqadam (21-örin) bölsa, keyingi örinlardan Yaponiya (26), Janubiy Koreya (33), Avstraliya (35), Qatar (48), Saudiya Arabistoni (51), BAA (69), Xitoy (74), Iroq (75), Ummon (79) va Özbekiston (84) qit’ada 11-örinda bormoqda. Bizdan keyin reytingda Osiyodan Suriya (86), Iordaniya (90), Bahrayn (91), va Livan (95) joy olgan.
Jahon reytingida hali hamon Belgiya peşqadam – 1-örin. Braziliya va Fransiya uçlikdan joy olgan bölsa, Angliya, Argentina, Italiya, Ispaniya, Portugaliya, Daniya va Niderlandiya milliy jamoalari önlikdan joy olgan.
Avvalroq, ÖFA Özbekiston milliy jamoasi 2022 yilning 21 yanvar kuni Tokioda Yaponiyaga qarşi, 1 fevral kuni esa Dubayda Yangi Zelandiya milliy jamoasi bilan örtoqlik uçraşuvida maydonga tuşişi haqida xabar bergan edi.












