Italiya prezidentini yanvar oyida asosan deputat va senatorlardan taşkil topgan, taxminan ming kişidan iborat saylovçilar kollegiyasi tanlaydi.

Italiya prezidenti mamlakatni boşqarmaydi, biroq ayniqsa inqirozlar vaqtida siyosatdagi muhim moderator sanaladi. Berluskonining özi prezidentlikka nomzodi qöyilişi haqida heç narsa demadi, ammo Italiyada prezidentlikka nomzodlar odatda oldindan körsatilmaydi. Biroq Berluskonining «Olğa, Italiya» (Forza Italia) partiyasi deputatlari kamida dekabr oyi boşidan beri matbuotga u tayyor ekani va qat’iy qaror qilgani haqida aytib kelişmoqda.

«Berluskoni – tadbirkor sifatida yetakçi, «Milan» egasi sifatida futbolda yetakçi, u transatlantik aloqalarni mustahkamlaş ustida tinim bilmay işlagan mamlakatimiz tarixidagi eng közga köringan siyosatçilardan biri», deya fikr yuritadi Antonio Tayani. U 1993 yilda Berluskoni bilan birgalikda «Olğa, Italiya» partiyasiga asos solgan. Hozir esa partiya raisi örinbosari hisoblanadi.

Nafaqat «transatlantik munosabatlar ustida işlagan», balki Rossiya yetakçisi Vladimir Putin uçun «döst Silvio» bölgan Berluskonining karera va siyosatdagi yutuqlari sönggi ön yilliklarda köplab mojaro va rasmiy ayblovlar soyasida qoldi.

Barça ayblovlardan faqat bittasi sudga tortilgan va hukm qilingan: 62 million yevrolik soliq bilan boğliq firibgarlik (Berluskoni 4 yilga qamoq jazosiga hukm qilindi, biroq yoşi tufayli u yerga yuborilmagan).

«Yuraklarni sindiruvçi Rubi» laqabli marokaşlik voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqada bölganlik ayblovi Berluskonidan olib taşlangan, biroq mazkur iş böyiça ikki guvohni sotib olganlik ayblovi saqlanib qolmoqda. Berluskoni villasida «bunga-bunga» laqabli modellar bilan jinsiy aloqa qilgani haqida esa butun Yevropa biladi.

Ammo Antonio Tayani Berluskoni öz imiji bilan prezidentlikka munosibmi, degan savolni qat’iy rad etadi.

Berluskoni juda keksa emasmi, degan savolga uning hamkasbi qiroliça Yelizaveta II ga qaraşni taklif etadi. Biroq uning ofisidagi plakatda Silvio nisbatan yoş.

«Bularning barida behuda gaplar köp. Bu rasm söl partiyalar, gazeta va sudyalar tomonidan çizilgan», deydi u.

Berluskonining özi ham siyosiy raqiblari tomonidan ta’qibga uçragani haqida köp marta gapirgan hamda bir vaqtlar özini «dunyo tarixida eng köp ta’qibga uçragan prokuratura» deb atagan.