Nima uçun doimiy ravişda töğri ovqatlaniş muhim?

Töğri ovqatlanişni uzoq muddatli sarmoyaga qiyoslaş mumkin. Agar bugun çipslar örniga sabzavotli salat iste’mol qilsangiz, ertaga özingizni his qiliş borasida katta özgarişlar bölmasligi mumkin. Biroq bunga har doim amal qilinsa, salomatlik yaxşilanadi.

Vazn normallaşadi

Ortiqça vazn turli kasalliklar rivojlanişiga olib kelişi mumkin. Patologiya yuzaga keliş xavfini aniqlaşda oddiy santimetr lentasi yordamga keladi. Unda bel aylanasini ölçaş kerak: normada ayollar uçun u 80 sm.dan ortiq, erkaklar uçun esa 94 sm.dan ortiq bölmasligi kerak. Agar bel aylanasi ayollarda 88 sm.dan va erkaklarda 102 sm.dan ortiq bölsa, yurak qon-tomir kasalliklaridan erta ölim, uglevod almaşinuvi buzilişi va saratonning ayrim turlari xavfi ortişi aniq.

Ratsionda tarkibida yoğ, şakar va tuz köp bölgan, şuningdek, energetik qiymati yuqori mahsulotlar köp bölsa, ortiqça vazn paydo bölişi mumkin. Soğlom ovqatlaniş yoğli, tezkor uglevodlar, zararli qayla va yeguliklarni çeklaş yoki butunlay iste’mol qilmaslikni, natijada vazn kamayişini nazarda tutadi.

Oşqozon-içak trakti faoliyati yaxşilanadi

Muvozanatlaşgan ovqatlaniş kökatlarni köp miqdorda iste’mol qilişni közda tutadi. Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti kuniga 400 grammdan kam bölmagan miqdorda meva va sabzavot iste’mol qilişni maslahat beradi. Bu taxminan beş porsiya degani. Bu tavsiyaga amal qiliş uçun deyarli har ovqatlanganda meva va sabzavot iste’mol qiliş zarur.

Köplab ösimliklar tarkibidagi kletçatka ovqat hazm bölişiga ijobiy ta’sir körsatadi. Undagi tolalar oşqozonda hazm bölmaydi, yöğon içakka kelib tuşadi va foydali bakteriyalar uçun ovqatga aylanadi. Kletçatka moddalar almaşinuvini yaxşilaş va iç qotiş yuzaga kelişi oldini olişda yordam beradi. Bundan taşqari, oşqozon içak traktiga sut-qatiq mahsulotlari ham ijobiy ta’sir körsatadi. Agar sizda laktoza yetişmovçiligi bölmasa, uşbu mahsulotlarni ham ratsionga kiritiş zarur.

Quvvat paydo böladi va uyqu normallaşadi