Xitoylik tadbirkor, Tron köngiloçar platformasi asosçisi Jastin San AQŞning Blue Origin aerokosmik kompaniyasining fazoga uçiş huquqi uçun ötkazgan auksionida yutib çiqdi va New Shepard kemasida suborbital parvozni amalga oşiradi. Parvoz uçun tadbirkor 28 mln dollar tölagan. Bu haqda Sanning özi Twitter’da ma’lum qildi.

“Yarim yil avval men Blue Origin’ning birinçi parvozidagi örin uçun auksionda yutib çiqqandim. Bugun men Sea of Stars dasturi böyiça parvozda iştirok etişimni e’lon qilmoqçiman. Men bilan yana 5 kişi 2022 yilda fazoni örganadi”, — deb yozgan tadbirkor.

Uning aytişiça, u bilan fazoga kriptovaluta, texnologiya va san’at sohalarida alohida maqomga ega odamlar, şuningdek, yana bir nufuzli kişi yöl oladi. Ularning kimligi parvoz arafasida sekin-asta e’lon qilib boriladi. 

Ta’kidlanişiça, fazoviy kemada örin uçun kimoşdi savdosida iştirok etişga 159 ta davlatdan 7 mingdan köproq kişi röyxatdan ötgan.

Amerikalik tadbirkor Jyeff Bezosning Blue Origin kompaniyasi 2021 yil 20 iyulda New Shepard kemasida birinçi suborbital parvozni amalga oşirgandi. Öşa parvoz vaqtida fazoga yöl olganlar orasida Bezosning özi va 18 yoşli talaba Oliver Deymen bölgan.