Amerikalik milliarder Jyeff Bezosning Blue Origin kompaniyasi işlab çiqqan New Shepard kemasi 4 nafar fazoviy sayyoh bilan birga parvoz qildi. E'tiborlisi, fazoga yöl olgan sayyohlar orasida “Yulduzli yöl” (Star Trek) filmlari va serialida Enterprise yulduzlararo fazoviy kemasi sardori rolini ijro etgan 90 yoşli kanadalik aktyor Uilyam Şetner ham bölgan.
Ta'kidlab ötiş joiz, Şetner uşbu parvozdan keyin fazoda bölgan tarixdagi eng keksa odamga aylandi.
Kema ekipaji tarkibiga aktyordan taşqari, Blue Origin’ning parvozlar böyiça vitse-prezidenti Odri Pauers, NASA koinot agentligining sobiq muhandisi va Planet Labs kompaniyasi asosçilaridan biri Kris Boşuayzen hamda Fransiyaning Dassault Systemes kompaniyasi vitse-prezidenti Glen de Vri ham kirgan.
Kema AQŞning şarqiy sohilböyi vaqti bilan soat 10:50 da Texas ğarbidagi Van-Xorn şahrida joylaşgan Corn Ranch parvoz maydonidan fazoga kötarilgan. Kema parvozi 11 daqiqa davom etgan, söngra u yerga qaytgan. Kema taxminan 105 km balandlikka, ya'ni Yer atmosferasi va fazo örtasidagi şartli çegara hisoblanuvçi Karman çiziği (100 km)dan biroz yuqoriroqqa kötarilgan va u yerda 3 daqiqaça qolgan.
Bu kemaning ikkinçi parvozi hisoblanadi. 20 iyulda Jyeff Bezos 3 nafar hamroh bilan birga kemada suborbital parvozni amalga oşirgandi.
Ta'kidlanişiça, New Şepard’da fazoviy sayohat narxi 500 ming dollarga baholanadi.
Turistik parvozlar uçun möljallangan New Shepard kemasi 18 metrlik bir poğonali raketa-taşuvçi va 6 kişiga möljallangan kapsuladan iborat. Kemani yaratiş ustidagi işlar 2006 yilda boşlangan. U suborbital parvozni amalga oşirgan birinçi amerikalik fazogir Alan Shepard şarafiga şunday nomlangan.









