New Shepard kosmik kemasi olti nafar turist bilan 29 iyun, yakşanba kuni suborbital parvozni amalga oşirdi. Bu haqda Blue Origin kompaniyasi xabar berdi.
NS-33 ekipaji tarkibidan ekofaol Elli Kyuner hamda uning turmuş örtoği — Building and Land Technology kompaniyasi direktorlar kengaşi raisi Karl Kyuner, filantrop va transport kompaniyalarining sobiq rahbari Leland Larson, biznesmen kiçik Freddi Reskino, yuristlar Ovolabi Salis hamda Jim Sitkin örin oldi.
New Shepard Texas ştatida ğarbidagi Van-Xorn şahri yaqinidagi Corn Ranch maydonçasidan start oldi. Parvoz 10-11 daqiqa davom etdi.
Tijoriy parvozlar uçun yaratilgan köp martalik New Shepard raketasi 18 metrli bir poğonali taşuvçiga va olti kişiga möljallangan tuşuvçi kapsulaga ega. U avariyaviy qutqaruv tizimi va paraşyutlar bilan jihozlangan.
110 soniya davom etadigan vertikal kötarilişdan keyin tuşuvçi apparat taşuvçidan ajralib, inersiya böyiça taxminan 105 kilometrgaça balandlikka çiqadi. Umumiy hisobda içida kosmik turistlar bölgan kapsula parvozning eng yuqori nuqtasida uç daqiqaga yaqin qoladi.
Şundan keyin kapsula paraşyut tizimlari yordamida yumşoq qönişni, NS-5 taşuvçi raketasi esa mustaqil qönişni amalga oşiradi.
New Shepard kosmik kemasida turistik parvoz narxi 500 ming dollar atrofida baholanadi.
Eslatib ötamiz, 2021 yil iyul oyida milliarder Jyeff Bezos şaxsan Blue Origin kompaniyasining New Shepard raketasida koinotga uçgandi. Öşanda u bilan birga bortda uning akasi Mark, 82 yoşli uçuvçi Uolli Fank va 18 yoşli niderlandiyalik Oliver Demen bölgan. Joriy yilning fevral oxirlarida Blue Origin kapsulasi kosmosga turistik parvozni muvaffaqiyatli amalga oşirgandi. Aprel örtalarida esa Blue Origin kompaniyasi faqat ayollardan iborat ekipaj bilan New Shepard raketasini uçirişga muvaffaq













