Blue Origin kompaniyasi faqat ayollardan iborat ekipaj bilan New Shepard raketasining suborbital parvozini muvaffaqiyatli amalga oşirdi, deb xabar beradi NBC News.

Qayd etilişiça, raketa Texasdagi kosmodromdan uçirilgan va töliq avtomatlaştirilgan parvoz qariyb 11 daqiqa davom etgan. Raketa 105 kilometr balandlikka, ya’ni Karman çiziği — Yer atmosferasi va kosmos orasidagi şartli çegaradan taxminan 5 kilometr yuqori kötarilgan.

Ekipaj tarkibidan qöşiqçi Keti Perri, jurnalist va Blue Origin kompaniyasi egasi Jyeff Bezosning bölajak turmuş örtoği Loren Sançes, inson huquqlari faoli Amanda Nguyen, aerokosmik muhandis Ayşa Bou, kinoprodyusser Kerienn Flinn, CBS News radioboşlovçisi Geyl King örin olgan.

Bu New Şepard’ning bortida ekipaj bilan 11-suborbital parvozi hisoblanadi. Blue Origin bu kabi parvozlarni 2021 yildan beri taşkil etib keladi. Ta’kidlaşiça, bu 1963 yildan beri (Valentina Tereşkovaning birinçi parvozi) faqat ayollar iştirok etgan birinçi parvoz hisoblanadi.

Eslatib ötamiz, 2021 yil iyul oyida milliarder Jyeff Bezos şaxsan Blue Origin kompaniyasining New Shepard raketasida koinotga uçgandi. Öşanda u bilan birga bortda uning akasi Mark, 82 yoşli uçuvçi Uolli Fank va 18 yoşli niderlandiyalik Oliver Demen bölgan. Joriy yilning fevral oxirlarida esa Blue Origin kapsulasi kosmosga turistik parvozni muvaffaqiyatli amalga oşirgandi.