O‘zbekiston | 18:52 / 25.12.2021
6768
2 daqiqa o‘qiladi

«Dolzarb 40 kunlik»da respublika bo‘yicha 82 mln tup ko‘chat ekilgani ma’lum qilindi

«Yashil makon» loyihasi doirasida Respublika bo‘yicha shu paytga qadar 82 mln 273 ming tup ko‘chat ekilgan. Bu haqda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 24 dekabr kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Foto: O‘zbekgidroenergo

Ta’kidlanishicha, bu raqam rejaga nisbatan 109,7 foizni tashkil etadi.

«Bunda reja Qoraqalpog‘iston Respublikasida 120,8, Andijon viloyatida 117,2, Buxoro viloyati 113,3, Jizzax viloyati 105, Qashqadaryo viloyati 112,4, Navoiy viloyati 103,4, Namangan viloyati 103,5, Samarqand viloyati 95,6, Surxondaryo viloyati 103,8, Sirdaryo viloyati 108,6, Toshkent viloyati 120, Farg‘ona viloyati 118,3, Xorazm viloyati 104,5 va Toshkent shahrida 100 foizga bajarildi.

Hududlarda ko‘chat ekilgan maydon, uni ekkan va tasarrufga olgan sub’yekt, sug‘orish tizimi, fotosurat va joylashuv lokatsiyalarni o‘z ichiga olgan “Yashil makon” yagona elektron bazasi shakllantirilib, jami 28 nafar mutaxassis biriktirildi.

Shu kunga qadar tizimga 58 mln 815 066 dona ekilgan turli xildagi manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari kiritildi.

Bu elektron tizim hududlarda yangi ekiladigan ko‘chatlar monitoringini, ekilgan ko‘chatlarning nazorat mexanizmini onlayn rejimda tuman va shaharlar kesimida yuritadi.

Shuningdek, ekilgan ko‘chatlarning fotosuratlari va joylashuv lokatsiyalari ham biriktiriladi. Bunda haqiqatda ekilgan ko‘chatlar soni, hududdagi sug‘orish tizimi mavjud yoki mavjud emasligi hamda mas’ullarga biriktirilganligi bo‘yicha ma’lumotlar olish imkoniyatini beradi», — deyiladi qo‘mita rasmiy press-relizida.

Mavzuga oid