AQŞ prezidenti Jo Bayden mamlakatning 2022 yilgi moliyaviy yili uçun harbiy budjetini tasdiqlovçi qonunga imzo çekdi. Bu haqda Oq uy axborot xizmati xabar bergan.

2022 yil 1 apreldan boşlanajak moliyaviy yil uçun AQŞ harbiy budjeti 768 milliard dollar bölişi belgilandi. Bu tarixdagi eng katta yillik harbiy budjet hisoblanadi. Unda AQŞning kelasi yilda harbiy sohada sarflaydigan barça xarajatlari hisobga olingan. Xususan, Pentagon va AQŞ energetika vazirligi nazorat qiluvçi yadro dasturi ham.
Tasdiqlangan budjetga köra, AQŞ kelasi yil Pentagon söraganidan ham köproq harbiy samolyot va kemalar sotib olişi kutilmoqda. Budjet tasdiqlangani haqidagi hujjat prezident imzosigaça özgartirilganini respublikaçilar ğalaba sifatida qabul qilişdi. Demokratlar Kongressning ikki palatasini ham nazorat qilişlariga qaramay, harbiy budjet taqsimoti haqidagi qonunga köproq respublikaçilar ovoz bergan.
Harbiy budjet xarajatlari 25 milliard dollarga oşirilişiga erişgan respublikaçilar harbiylarni koronavirusga qarşi vaksina olmaganligi uçun işdan ketkazişni çeklovçi bandni olqişlagan.
AQŞ harbiy budjetida Ukrainaga harbiy kömak uçun kutilganidek 250 million dollar emas, 300 million dollar ajratiladigan böldi. Yevropada xavfsizlik uçun (ya’ni, NATOning Yevropadagi bölinmalariga ajratiladigan mablağ) 4 milliard dollar, Boltiqböyi hududida xavfsizlik böyiça hamkorlik uçun alohida 150 million dollar ajratiladi.
Xitoy masalasiga harbiy budjetda ham alohida e’tibor qaratilgan. Xususan, Tinç okeani havzasida ehtimoliy operatsiyalar uçun 7,1 milliard dollar ajratilganidan taşqari, budjet loyihasida Tayvanni qöllab-quvvatlaş, AQŞ mudofaa vazirligi tomonidan Şinjondagi uyğurlar mehnatidan foydalanilgan mahsulotlarni sotib olmaslik kabi bandlar ham mavjud.
Har yili AQŞ budjetining katta qismini band qiladigan Afğonistondagi missiya uçun bu gal tabiiyki pul ajratilmaydi. Ammo yil davomida 16 a’zodan iborat işçi guruh Afğonistondagi uruş oqibatlari va hozirgi ahvolni örganişi ham harbiy budjet hisobidan moliyalaştiriladi.
Budjetdan bu yil gipertovuşli qurol işlab çiqariş, razvedka va harbiy texnika borasidagi islohotlarga ham katta pul ajratiladi. Rekord miqdordagi harbiy budjet maoşlarga ham ta’sirini ötkazmay qolmaydi. Harbiylar maoşi keyingi yil apreldan 2,7 foizga oşiriladi. Ularga turar joy uçun beriladigan tölov miqdori esa 5,1 foizga köpaytiriladi.












