“Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi huzuridagi Mahallabay işlaş va tadbirkorlikni rivojlantiriş agentligi faoliyatini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida” prezident qarori qabul qilindi.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirining örinbosari – Mahallabay işlaş va tadbirkorlikni rivojlantiriş agentligi direktori lavozimi kiritildi.

Quyidagilar agentlikning asosiy vazifalari etib belgilandi:

  • respublikada tadbirkorlikni va mahallalarni iqtisodiy rivojlantiriş borasida yagona davlat siyosatini yuritiş;
  • mahallabay işlaşning vertikal tizimi asosida aholining daromadli mehnat bilan bandligini ta’minlaş, ularni tadbirkorlikka jalb qiliş va öqitiş hamda özini özi band qiliş faoliyatiga yönaltiriş;
  • vakolatli davlat organlari va taşkilotlari hamda mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantiriş, aholi bandligini ta’minlaş va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça tuman (şahar) hokimi yordamçilarining faoliyatini muvofiqlaştiriş.

Tadbirkorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaş davlat jamğarmasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi tarkibiga ötkazildi.

Agentlik tarkibida yuridik şaxs maqomiga ega bölmagan Aholini tadbirkorlikka jalb qiliş jamğarmasi taşkil etildi.