Özbekiston milliy jamoasining sobiq futbolçisi Nikolay Şirşov 47 yoşida vafot etdi. Bu haqda «Rostov» klubi matbuot xizmati xabar bergan.
«Nikolay Vladimiroviç «Rostov» klubida 5 yil davomida 100dan ortiq öyinlar ötkazdi. Futbolçilik faoliyatini yakunlaganidan keyin ham Rostovda qolişga qaror qilgan va şu yerda yaşayotgan edi.
«Rostov» klubi Nikolay Şirşovning oila a’zolari va yaqinlariga çuqur hamdardligini bildiradi», deyilgan xabarda.
DonDay.ru sayti marhumning yaqinlariga tayanib xabar berişiça, Nikolay Şirşov qonning quyuqlaşişi va tomirlarida tromb hosil bölişi oqibatida vafot etgan.
Ma’lumot uçun, 1974 yil 22 iyun kuni Toşkentda tuğilgan Nikolay Şirşov katta futboldagi faoliyatini 1991 yilda SSSR quyi ligasida «Sverdlovets» klubida (Toşkent viloyati) boşlagan. Keyingi 8 mavsumni Özbekiston çempionatida ötkazgan va «Paxtakor»ning asosiy tarkibida öynagan.
2000 yildan Rossiya çempionatida töp sura boşlagan. 2000—2005 yillarda Premer-Ligada «Rosselmaş» / «Rostov» şarafini himoya qilgan. Keyin quyi divizionlarda Rostovning SKA (2006—2007), «Bataysk-2007» (2008—2010), «Taganrog» (2010) klublarida ham öynagan. 2011 yilda MITOS safiga ötgan va 2013 yilda futbolçilik faoliyatini yakunlagandi.
U sönggi yillarda Rostov şahridan 50 kilometr uzoqlikdagi Novoşaxtinsk şahrida yaşab, mahalliy jamoada murabbiy sifatida faoliyat yuritgan.

U 1996 yilning 19 noyabrida BAAga qarşi örtoqlik uçraşuvida (4:2) terma jamoada debyut qilgan va 2005 yilga qadar asosiy jamoada 63 öyinda iştirok etib, 13 gol urgan.
«Meni özbek deb çaqirişadi» — siz soğingan Nikolay Şirşov bilan suhbat










