Bugun, 28 dekabr kuni 47 yoşda vafot etgan Özbekiston milliy jamoasi sobiq futbolçisi Nikolay Şirşovning ölimi sababi ma’lum böldi.
DonDay.ru sayti marhumning hamkasblariga tayanib xabar berişiça, Nikolay Şirşov qon tomirlaridagi trombning bexosdan yorilişi oqibatida vafot etgan.
Nikolay Şirşov sönggi yillarda Rostov şahridan 50 kilometr uzoqlikdagi Novoşaxtinsk şahrida yaşab, mahalliy jamoada murabbiy sifatida faoliyat yuritgan.

Ma’lumot uçun, 1974 yil 22 iyun kuni Toşkentda tuğilgan Nikolay Şirşov katta futboldagi faoliyatini 1991 yilda SSSR quyi ligasida «Sverdlovets» klubida (Toşkent viloyati) boşlagan. Keyingi 8 mavsumni Özbekiston çempionatida ötkazgan va «Paxtakor»ning asosiy tarkibida öynagan.
2000 yildan Rossiya çempionatida töp sura boşlagan. 2000—2005 yillarda Premer-Ligada «Rosselmaş» / «Rostov» şarafini himoya qilgan. Keyin quyi divizionlarda Rostovning SKA (2006—2007), «Bataysk-2007» (2008—2010), «Taganrog» (2010) klublarida ham öynagan. 2011 yilda MITOS safiga ötgan va 2013 yilda futbolçilik faoliyatini yakunlagandi.
U 1996 yilning 19 noyabrida BAAga qarşi örtoqlik uçraşuvida (4:2) milliy jamoada debyut qilgan va 2005 yilga qadar asosiy jamoada 63 öyinda iştirok etib, 13 gol urgan.










