Özbekiston milliy jamoasi safida 13 ta gol urgan Nikolay Şirşov ayni damda Rostovda istiqomat qiladi. Eldor Şomurodov haqida körsatuv suratga olayotgan Kun.uz muxbirlari Rostovda milliy jamoa safida yorqin öyin körsatgan Nikolay Şirşov bilan körişdi. Futbolçi Özbekiston safidagi öyinlarini yodga oldi.

«Biz öynagan vaqtda milliy jamoadagi içki muhit juda yaxşi edi. JÇ saralaşidagi Xitoy bilan öyinda urgan golim hayotimdagi eng yaxşi xotiralarimdan desam böladi. Farzandli bölganimda va öşa golni nişonlayotganda eng baxtli damlarimni boşimdan ötkazganman.

Rahbariyat bilan munosabatlar yaxşi bölgan. Zokir Almatov futbolni yaxşi köradigan odam edi. Esimda, u bir öyinda yutqazganimizdan keyin yiğlagandi.

Eldor Şomurodovning öyinlarini albatta kuzatib boraman. Rostovga hamyurtim kelganini bilib uning oldiga bordim, mendan nima yordam kerak bölsa, söra dedim. U ajoyib futbolçi. Menimça, Eldor özbek futboli tarixida Mirjalol Qosimovdan keyingi ikkinçi futbolçi. Jalol juda zör öynardi.

Hozir murabbiylik bilan şuğullanyapman, natijalarimiz yomon emas. Meni bu yerda özbek deb çaqirişadi. Bilasizmi, bizning jamoa maydonga çiqib kelayotganida stadionda «Uçquduq» qöşiği qöyiladi. Mahalliy muxlislar bu qöşiqni telefonidagi qönğiroq musiqasi örniga ham örnatib olgan»,— deb Şirşovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Şirşov bilan suhbat va u ayni damda nimalar bilan maşğul bölayotgani haqida tez orada Kun.uz saytida öqiysiz.