Qaşqadaryo viloyatida avtosalon şartnoma şartlarini bajarmagan holda xaridorga Labo maşinasini öz vaqtida yetkazib bermagan. Bu haqda iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlari federatsiyasi matbuot kotibi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinişiça, Dehqonobod tumanida yaşovçi fuqaro U.Esonov Federatsiyaning işonç telefoni orqali murojaat qilgan. U.Esonovning murojaatiga köra, u turmuş örtoği N.Qodirova nomiga DAMAS-2 LB2 (Labo) rusumli maşina sotib oliş uçun Qarşi şahridagi “Qaşqadaryo avtotexxizmat” MÇJ bilan 2021 yilning 12 avgust kuni 67 million 500 ming sömlik şartnoma tuzgan. Avtomaşina uçun tölovlarni öz vaqtida tölagan bölsa-da, şartnomada körsatilgan muddatda avtomaşina yetkazib berilmagan.

Örganişlar davomida şartnomaning 3.1 bandida avtomobilni yetkazib beriş muddati 2021 yilning 30 noyabrigaça etib belgilangani aniqlangan. Şuningdek, şartnoma rasmiylaştirilgandan söng esa iste’molçi U.Qodirova tomonidan avtomobilning rangi oq rangdan qaymoq rangga özgartirilişi söralgani ma’lum bölgan.

Federatsiya xodimlarining aralaşuvi bilan iste’molçining talablari inobatga olingan holda maşina xaridorga yetkazib berilgan.