Surxondaryo viloyati Angor tumanida muntazam maşina boşqarib yurgan 7-sinf öquvçisining (!) otasiga çora körildi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, Angor tumani Zartepa mahallasida yaşovçi fuqarolar mahalla hududidan ötgan yölda yoş bolaning "Labo" rusumli kiçik yuk maşinasini boşqarib yurganiga bir neça marta guvoh bölişgan.
Şundan söng ular mahallaga biriktirilgan YPX xodimlariga holat haqida xabar berib, uşbu huquqbuzarlikni bartaraf etişni söragan.
Holat Angor tumani IIB YHXB xodimi tomonidan örganilib, 7-sinf öquvçisi bölgan bola maşina boşqarib ketayotganida töxtatilgan.
YHXB boladan maşinani kim berganini söraganda, 13 yoşli öquvçi Laboni otasi berganini aytgan.
Qayd etilişiça, holat bolaning otasi iştirokida muhokama qilingan va unga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilgan.

















