Kun.uz uşbu masala borasida kiçik jurnalistik suriştiruv ötkazdi.

Xorijiy til öqituvçilariga nega pul berilmoqda?

2021 yil 20 mayda prezidentning «Özbekiston Respublikasida xorijiy tillarni örganişni ommalaştiriş faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqiçga olib çiqiş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori qabul qilingandi.

Mazkur qarorda umumiy örta, örta maxsus va professional ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan barça xorijiy tillar öqituvçilariga davlat budjetidan zamonaviy adabiyot, darslik va öquv qöllanmalarini sotib olişi uçun 1 mln sömdan mablağlar ajratiş közda tutilgan. Tavsiya etiladigan (aynan tavsiya etiladigan, majburlanadigan emas! — tahr.) darslik va öquv qöllanmalarining röyxati hamda ularni sotib olganlik töğrisida hisobot şakli Xalq ta’limi vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzurida Xorijiy tillarni örganişni ommalaştiriş agentligi tomonidan belgilanişi körsatilgan.

Uşbu masala, ya’ni çet tili öqituvçilariga 1 mln sömdan pul ajratiş jarayonida korrupsiya holatlarining oldini oliş yuzasidan Xalq ta’limi vazirligi rasmiy bayonot berdi. Unda ta’kidlanişiça, xorijiy til öqituvçilari zamonaviy adabiyotlarni xarid qiliş uçun ajratilayotgan 1 mln söm pul mablağini özlari istagan adabiyotga sarflaydilar va u öqituvçining şaxsiy mulki hisoblanadi.

«Xalq ta’limi hududiy bölimlariga 2021 yil yakuniga qadar har bir çet tili öqituvçisining şaxsiy plastik kartasiga 1 mln sömdan mablağ tuşirib berilişi haqida körsatma berilgan. Şuningdek, Xorijiy tillarni örganişni ommalaştiriş agentligi hamda Xalq ta’limi vazirligining 2021 yil 16 noyabrdagi qöşma qaroriga köra, çet tillari fani öqituvçilari zamonaviy adabiyotlarni har yilning 1 avgustiga qadar xarid qilişi belgilangan bölib, 2021 yil yakuniga qadar uşbu adabiyotlarni xarid qilib, savdo çekini taqdim etiş talabi notöğri ekanligini ta’kidlaymiz», deyiladi vazirlik bayonotida.

Karmanga ham, Karmanaga ham naqdi yaraşarkan

Ammo Karmana tumani XTB 1 mln söm mablağni negadir vazirlik bayonotida ta’kidlangani kabi öqituvçilarning şaxsiy plastik kartasiga tuşirib bermasdan, naqd körinişda berişni «ma’qul kördi». Buning sababi esa keyinroq oydinlaşdi.

27 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Karmana tumani XTBning xorijiy tillar metodisti Nafosat Ergaşevaga tegişli ekanligi aytilgan audioyozuv