Karmana tumani XTBning sobiq mudiri Nasiba Sodiqova Özbekiston Xalq demokratik partiyasi Navoiy viloyati kengaşi rahbari lavozimida iş boşlagan. Bu haqda Özbekiston Xalq demokratik partiyasi Navoiy viloyati kengaşining ijtimoiy tarmoqlardagi guruhida ma’lum qilindi.
Uşbu lavozimda işlab kelgan Maqsud Nurullayev esa viloyat hokimligi kotibiyat mudirligiga ötkazilgan.
Oldinroq Karmana tumani XTB mutasaddilari Xalq ta’limi vazirligining bayonotiga zid ravişda çet tili öqituvçilariga tarqatilayotgan 1 mln söm mablağni naqd körinişida berib, bozor narxi 60 ming söm bölgan kitobni 483 ming sömdan pullamoqçi bölgandi.
Kun.uz suriştiruvidan söng Xalq ta’limi vazirligi tomonidan holat örganilib, ma’lumotlar öz tasdiğini topgan hamda buning ortidan XTB mudiri Nasiba Sodiqova, metodist va boş hisobçi egallab turgan lavozimlaridan ozod etilgandi.










