Xalq ta’limi vazirligi Karmana tumani XTB çet tili öqituvçilariga tarqatilayotgan 1 mln söm mablağni naqd körinişida berib, bozor narxi 60 ming söm bölgan kitoblar töplamini 483 ming sömdan pullamoqçi bölgani haqidagi ma’lumot yuzasidan munosabat bildirdi.

Vazirlik bayonotiga köra, Kun.uz sayti suriştiruvidagi faktlar işçi guruh tuzilib, örganilgan, örganiş jarayonida bu ma’lumotlar öz tasdiğini topgan.

«Örganiş xulosalariga köra, holat öz tasdiğini topdi. Şu bois, Xalq ta’limi vazirligining bir neça bor mazkur holat yuzasidan ogohlantirişiga qaramay uşbu holatga yöl qöyganligi uçun Karmana tumani xalq ta’limi bölimi mudiri vazifasini vaqtinça bajaruvçi öz vazifasidan ozod etildi. Karmana tumani XTBning boş hisobçisi va xorijiy tillar metodistini lavozimidan ozod etiş yuzasidan vazirlik rahbariyati tomonidan topşiriq berildi.

Xalq ta’limi vazirligi yuqoridagi kabi holatlar qaytarilib, öz tasdiğini topgan taqdirda keskin va ayovsiz çora körilişi haqida yana bir bor ogohlantiradi», deyiladi vazirlik bayonotida.

Karmana tumani XTB mudiri vazifasini vaqtinça bajaruvçi Nasiba Sodiqova

Kun.uz Karmana tumani XTB mutasaddilari Xalq ta’limi vazirligi bayonotiga zid ravişda  çet tili öqituvçilariga tarqatilayotgan 1 mln söm mablağni naqd körinişida berib, bozor narxi 60 ming söm bölgan kitobni 483 ming sömdan pullamoqçi bölgani yuzasidan suriştiruv ötkazgandi. Suriştiruv jarayonida tumandagi maktablarga majburiy ravişda kitob tarqatilgani va ularning puli öqituvçilarga berilgan 1 mln söm puldan qaytarib qolingani aniqlangandi.