Little Italy pitsseriyasi Toşkentning “Samarqand darvoza” savdo markazida joylaşgan. Körsatuv davomida pitssa tayyorlaş sirlari va nozik jihatlari, pitssaxona biznesini boşlaş şartlari va talablari, maxsus uskunalar, texnikalar va peçlar bilan yaqindan tanişdik. Mohirona harakatlaniş, talabçanlik va ozodalikka e’tibor qaratiş restoran biznesida eng muhim jihatlar ekanini kördik.

Little Italy asosçisi Xurşid Ahmedov “kiçkina Italiya”ning Özbekistonga kirib kelişi va amerikalik ustozi Salvadore Olivera haqida sözlab berdi.

“2002 yil Şarqşunoslik institutini tamomladim. Keyin döstlarim bilan çetda, Buyuk Britaniyada 3 yil öqidim. Bu vaqtda baribir işlaşga töğri keladi, pitssa yetkazib beruvçi sifatida işladik. Bir yili AQŞda öqişni davom ettiriş imkoni tuğilib, “sehrli diyor”ga jönab ketdim.

Talabalik paytlarim, 2005 va 2015 yillar oraliğida AQŞda pitssaxonada işladim. Ustozim Salvadore Olivera öğli yöqligi, qizlari esa biznesga qiziqmagani uçun pitssaxonani bizga topşirdi. Oddiy pomidordan sous, undan xamir va pitssa tayyorlaşning barça sirlarni örgatdi. Uzoq muddatli tölov evaziga uning nomiga oçilgan pitsseriyani biz yurita boşladik.

2008 yili AQŞda iqtisodiy inqiroz kuzatilgan bölsa-da, biz uçun omadli böldi. Öşa yili ikkinçi, 2011 yili esa uçinçi filialimizni oçdik. Qölimizda 70-80 kişi işlardi. Ba’zilari özbeklar, aksariyati mahalliy amerikaliklar edi. Öşa vaqtlarda şu pitssani qismlarga bölib sotiş konsepsiyasini Özbekistonga olib kiriş haqida öylardim. Mana hozir bizning xalqda ham pitssa madaniyati şakllangan ekan, biznes ğoyani amalga oşirişga kirişganmiz. Özimizga yaraşa mijozlar orttirişga erişdik”, – deydi u.

Nega Little Italy yetkazib beriş xizmatiga urğu bermaydi?

Xurşid Ahmedov Little Italy nega yetkazib beriş xizmatiga qiziqiş bildirmasligini tuşuntirib berdi. Uning aytişiça, yetkazib beriş jarayonida inson omili muhim ahamiyatga ega, ya’ni pitssa köngildagidek pişirilgan taqdirda ham, uni mijozga kurer yoki eltuvçi orqali berib yuboriş holatlarida nazoratni yöqotib qöyiş mumkin.