Özbekistonlik Nodirbek Abdusattorov Polşa poytaxti Varşavada şaxmatning rapid yönalişi (tezkor şaxmat) böyiça jahon çempionatida ğolib böldi.

28 dekabr kuni turnirda 4ta tur ötkazildi.

17 yoşli şaxmatçi Abdusattorov dastlab sensatsion ravişda amaldagi jahon çempioni Magnus Karlsenni mağlubiyatga uçratdi va uni yaqqol yetakçilik imkoniyatidan mahrum etdi. Keyingi turlarda Vladimir Fedoseyev, Gukeş Dommaraju, Yan-Kşiştof Duda kabi şaxmatçilarga qarşi dramatik bahslarda durang qayd etildi.

13ta partiyadan söng Abdusattorov, Yan Nepomnyaşiy, Magnus Karlsen va Fabiano Karuana bir xil — 9,5 oçko töpladi. 

Qöşimça natijalarga köra, ğoliblik Abdusattorov va rossiyalik Nepomnyaşiy örtasidagi tay-brekda aniqlanadigan böldi. Dastlabki partiyada kuçlar teng keldi, keyingi partiyada Nodirbek ğalaba qozonib (1,5-0,5), jahon çempioniga aylandi.

Mukofot jamğarmasi 1 mln dollar bölgan turnirda (rapid va blits) ğolib şaxmatçi 60 ming dollarni qölga kiritadi.

Abdusattorov 13 tur davomida Fabiano Karuana, Levon Aronyan, Radoslav Voytaşek, Boris Gelfand va Magnus Karlsenni (jahon çempioni) mağlub etgan, Yan Nepomnyaşiy, Aleksandr Grişuk, Vladimir Fedoseyev, Gukeş Dommaraju, Yan-Kşiştof Duda bilan durang öynagandi.

U rapid yönalişida jahon çempioni bölgan eng yoş şaxmatçi sifatida tarixga kirdi.

29-30 dekabr kunlari blits yönalişidagi bahslar ham bölib ötadi.

Prezident tabrigi

Şavkat Mirziyoyev jahon çempioni Nodirbek Abdusattorovga tabrik yölladi.

Prezident matbuot kotibi Şerzod Asadovning ma’lum qilişiça, davlatimiz rahbari Sankt-Peterburgdagi sammitdan Toşkentga qaytayotgan samolyotda tezkor şaxmat böyiça jahon çempionatini katta qiziqiş bilan onlayn kuzatib borgan.