Yangi yil bayrami arafasida kunlar doim bayramona tuyğularga töladi. Har tarafdan quvnoq yoğduli çiroqlar va yangi yilning rang-barang çambarlari közlarimizni quvnatadi va havoda mandarin hidi taraladi.
Qandolat mahsulotlari işlab çiqaruvçi, Turkiya, Yevropa va Yaqin Şarqda yetakçiligi tan olingan, Turkiyaning “BISCOLATA” savdo belgisi Toşkent şahrining tuman sektorlari bilan hamkorlikda an’anaviy ravişda har yili taşkil etiladigan Mehribonlik uylaridan birining tarbiyalanuvçilarini bayram bilan tabriklaydi. Ötgan yili bu tadbir A.P.Xlebuşkina nomidagi 22-sonli Mehribonlik uyida bölgan edi.



Bu yil 29 dekabr kuni Yaşnobod tumanidagi 30-sonli Yordamçi mehribonlik uyi tarbiyalanuvçilari uçun bayram tabrigi xayriya aksiyasi tadbiri ötkazildi. Aksiya bevosita “BISCOLATA” savdo belgisi rahbari Gaziyev Komil Akmaloviç hamda 2-sektor bilan xamkorlikda, Yaşnobod tumani prokurorining katta yordamçisi Fattaxov Alişer Farhodoviç kömagida taşkil etildi va ötkazildi.




Taşkilotçilar bolajonlarni samimiy tabriklab, mustahkam soğliq va kelgusi yilga muvaffaqiyatlar tiladilar, şuningdek, ularga “BISCOLATA” savdo belgisidan şirinliklarga töla sovğalarni topşirdilar.










