“Özbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning 2019–2020 yillar uçun “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari” talablariga muvofiq tuzilgan konsolidatsiyalaşgan (jamlanma) moliyaviy hisobotlarini “big four” katta törtlikka kiruvçi Xalqaro auditorlik kompaniyasi — “Ernst & Young” MÇJ tomonidan auditorlik tekşiruvi ötkazildi va yakunda “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari” talablariga muvofiq tuzilgan konsolidatsiyalaşgan (jamlanma) moliyaviy hisobotlar “Ijobiy auditorlik xulosasi”ga ega böldi.
“Özbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning 2019, 2020 va 2021 yilgi Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari talablariga muvofiq tuziladigan konsolidatsiyalaşgan moliyaviy hisobotlarini 2021 yil 31 mart kuni “Ernst & Young” MÇJ bilan tuzilgan şartnomaga muvofiq Xalqaro auditorlik tekşiruvi ötkazildi.
Xalqaro auditorlik tekşiruvini ötkazişda hamda Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari talablariga muvofiq tuziladigan konsolidatsiyalaşgan moliyaviy hisobotlarini tuzişga Xalqaro tajribaga ega mutaxassislarni jalb qiliş maqsadida “HLB Tashkent” MÇJ bilan 2021 yil 7 sentyabr kuni şartnoma imzolandi.
Bundan taşqari, 36-sonli “Aktivlarning qadrsizlanişi” Moliyaviy hisobotning xalqaro standarti talablariga muvofiq jamiyat aktivlarini qadrsizlanişga tekşiriş böyiça “KPMG Valuation and Consalting” MÇJ bilan 2021 yil 22 sentyabrda şartnoma imzolandi.
Mazkur xulosa “Özbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning moliyaviy faoliyatiga Xalqaro darajada baho berib, Aksiyadorlik jamiyatining kelajakdagi ijtimoiy-iqtisodiy sohalariga investitsiyalarni jalb qiliş, Xalqaro kredit reytinglarini oliş, aksiyalarini xalqaro birja bozorlariga olib çiqiş kabi bir qator afzalliklarni taqdim etadi.








