Kattaqörğon şahar hokimi, senator Gavhar Alimovaning ma’lum qilişiça, Qaşqadaryo viloyati hokimi Murod Azimov tomonidan viloyatdan Özbekistonning boşqa hududlariga çigit olib çiqişga taqiq qöyilgan.

2021 yil 28 dekabr kuni Kattaqörğon şahrida joylaşgan «Marokand gold oil extraksiya» MÇJ rahbari S.Röziyev şahar hokimiyatiga kelib, Respublika tovar va xomaşyo birjasidan oçiq savdolar asosida sotib olingan 100 tonna çigit mahsuloti Qaşqadaryodan Samarqandga kiriş çegarasida YPX xodimlari tomonidan Qaşqadaryo viloyat hokimi birinçi örinbosari Nodir Erkayevning topşiriği asosida uşlab turilganini aytgan.

Şundan söng senator Nodir Erkayev bilan telefon orqali boğlangan. Hokim örinbosari esa çigitlarni faqat viloyat hokimi ruxsat bersagina qöyib yuborişi mumkinligini aytgan.

«Şundan söng viloyat hokimi Murodjon Berdialiyeviçning telefon raqamini qiyinçilik bilan topib, vaziyatni tuşuntirdim va çigitni qöyib yuborişini iltimos qildim. Viloyatning yangi hokimi esa “... masalani örganib çiqib ma’lum qilaman”, dedi. Men umid bilan barça tegişli hujjatlarni hokimning telegramiga taşlab berdim. Javob bölmagandan söng telegramiga va qöl telefoniga SMSʼlar yozdim, afsuski heç qanday javob olişning iloji bölmadi», deb yozadi Gavhar Alimova.

«Buning nomi feodalizm»

Iqtisodçi Otabek Bakirov esa uşbu holatni örta asrlarda hukm surgan feodalizm tartib-tamoyillariga qiyosladi.

«Murod Azimov topşiriğiga köra, Qaşqadaryo hududidan çigit olib çiqib ketiş taqiqlangan. Gavhar Alimova Qaşqadaryodan Samarqandga çigit olib ketayotgan yuk maşinalari ötkazilmayotganidan şikoyat qilmoqda.

Bir qaraşda ham kulgili, ham açinarli. Qanday qilib bir mamlakat hududida tovar va xizmatlar erkin harakatlana olmasligi mumkin? Çigit hokimning mulki emas, fermerniki yoki klasterniki, nega u boşqa şaxsga sotgan çigitini hududidan çiqara olmaydi?

Bu boşboşdoqlikni yaqindagina Bojxona qömitasiga rais bölgan, vazifasi böyiça butun Özbekiston hududi böyiça erkin tovarlar tösiqsiz harakatlanişiga mas’ul bölgan şaxs amalga oşiryapti. Amaldagi vakolatlar tiyilmagan buzuq tizim, bojxona kattasi tugul, avliyoni ham buzib taşlaşiga yana bir misol.

Çigitni viloyat hududidan çiqarmaslik böyiça hokimlarning topşiriqlari birinçi marta emas. Pişiqçilik paytida meva-sabzavot mahsulotlari bir hududdan ikkinçisiga çiqarilmasligi böyiça topşiriqlar ham birinçi marta emas. Doimiy holat. Lekin şu paytgaça birorta hokim jazolanmagan. Bu safar ham, juda katta ehtimol, jazolanmaydi. Axir buning nomi feodalizm», deya yozadi iqtisodçi.