Qaşqadaryo viloyati hokimi tomonidan Özbekistonning boşqa hududlariga çigit olib çiqişga taqiq qöyilgan. Bu haqda Kattaqörğon şahar hokimi, senator Gavhar Alimova ma’lum qilmoqda.
Bugun, 2021 yil 3 yanvar kuni Kattaqörğon şahar hokimligi axborot xizmati senator Gavhar Alimovaning maqolasini e’lon qildi. Unda senator Kattaqörğon şahrida joylaşgan yoğ-moy mahsulotlari işlab çiqarişga ixtisoslaşgan korxona Qaşqadaryodan sotib olgan çigitni viloyat hududidan olib çiqolmaganini ma’lum qilgan.
Maqolada yozilişiça, 2021 yil 28 dekabr kuni Kattaqörğon şahrida joylaşgan “Marokand gold oil extraksiya” MÇJ rahbari S.Röziyev şahar hokimiyatiga kelib, Respublika tovar va xomaşyo birjasidan oçiq savdolar asosida sotib olingan 100 tonna çigit mahsuloti Qaşqadaryodan Samarqandga kiriş çegarasida YPX xodimlari tomonidan Qaşqadaryo viloyat hokimi birinçi örinbosari Nodir Erkayevning topşiriği asosida uşlab turilganini aytgan.
Şundan söng senator Nodir Erkayev bilan telefon orqali boğlangan. Nodir Erkayev çigitlarni faqat viloyat hokimi ruxsat bersa qöyvorişini, aks holda buning iloji yöqligini aytgan.
“Şundan söng viloyat hokimi Muratjon Berdialiyeviçning telefon raqamini qiyinçilik bilan topib vaziyatni tuşuntirdim va çigitni qöyib yuborişini iltimos qildim. Viloyatning yangi hokimi esa “... masalani örganib çiqib ma’lum qilaman”, dedi. Men umid bilan barça tegişli hujjatlarni hokimning telegramiga taşlab berdim. Javob bölmagandan söng telegramiga va qöl telefoniga SMS’lar yozdim, afsuski heç qanday javob olişning iloji bölmadi”, deb yozadi Gavhar Alimova.
Uning ta’kidlaşiça, oradan 3 kun ötib 2 yanvar kuni Qaşqadaryodan tadbirkorga telefon bölgan va Farhod va Jahongir deb özini taniştirgan YPX xodimlari çegaradan yuk ortilgan maşinalarini olib ketişini söraşgan. Ammo oradan biroz ötib çigit ortilgan maşinalarni yana qöyib yuborişmagan. Buni viloyat hokimining birinçi örinbosari Nodir Erkayev ruxsat bermagani bilan izohlaşgan.
“Şundan söng men yana janob Nodir Xudoyberdiyeviçga qönğiroq qilganimda “...hozirgina viloyat hokimi bilan gaplaşdim, çigitni qöyib yuborişga heç qanday ruxsat yöq” deb aytdi. “Opajon, ming afsus, men yuk maşinalarini qöyib yubora olmayman”, dedi. Men 100 tonna çigitni olib ötiş uçun 4 kun sarson böldim. Açinarlisi, murojaatimga va yozgan SMS’larimga viloyat hokimi “ha” yoki “yöq” deb javob berişi şunçalik ham qiyin böldimi?! Yangi yil bayrami tadbirkorga, haydovçilarga va menga ham afsuski tatimadi. Axir bitta şahar hokimi 100 tonna çigitni ötkaziş uçun 4 kun bezovta bölişini qanday izohlaş mumkin? Men şaxsiy manfaatim uçun jon kuydirayotganim yöq-ku!.. Men bu murojaatimga umid bilan javob kutaman”












