Qozoğistonning Manğistau oblastida suyultirilgan gaz narxi keskin kötarilişiga qarşi norozilik namoyişlari bölib ötdi, deb xabar berdi Tengrinews.
Xabarga köra, 2 yanvar kuni Janaözan şahri aholisi miting ötkazgan. Avtomobilçilar bir litr gaz narxi 120 tengega kötarilganidan norozilik bildirgan va hukumatdan narxni ikki baravarga kamaytirişni talab qilgan.
3 yanvar kuni Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev respublika hukumatiga «Janaözandagi vaziyatni zudlik bilan körib çiqiş» böyiça topşiriq berganini ma’lum qildi.
Öz navbatida, vazirlar mahkamasi Manğistau oblastidagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni körib çiqiş böyiça komissiya tuzilganini e’lon qildi va gaz narxini barqarorlaştiriş böyiça çora-tadbirlar amalga oşirilişini bildirdi.
Manğistau oblastidagi noroziliklar fonida respublikaning yirik şaharlarida xavfsizlik çoralari kuçaytirilgani aytilmoqda.
«Interfaks»ning yozişiça, xususan, Olmaotada markaziy maydon politsiya tomonidan örab olingan.












