Qöqon şahrida qalbaki AQŞ dollarlarini muomalaga kiritmoqçi bölgan şaxslar uşlangan. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar bermoqda.

Ma’lum bölişiça, Boş prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Qöqon şahar bölimlari tomonidan tadbir ötkazilgan.

Tadbir davomida fuqaro X.M. va A.I. fuqaro J.ga qalbaki 4 700 AQŞ dollarini 2 000 AQŞ dollariga sotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qoğozlar yasaş, ularni ötkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.

Avvalroq Qöqon şahrida qalbaki pul işlab çiqargan şaxs qölga tuşgani haqida xabar berilgan edi.