Suhbatni töliq ravişda videoda tomoşa qiling. Quyida mutaxassisning asosiy fikrlari matn şaklida keltirib ötiladi.
“Nazarboyevga nisbatan kuçli işonçsizlik bor edi”
— Qozoğistonda bölayotgan hodisalarni ommaviy namoyişlar yoki bunt, ya’ni ijtimoiy norozilik deyiş mumkin. Bu ijtimoiy norozilik vaqt ötişi bilan siyosiy norozilikka aylanib ketdi. 2019 yili Qozoğistonda hokimiyat bamisoli almaşdi, ammo tuşunarsiz holat kuzatildi. Ya’ni rasman 1989 yil 22 iyundan dastlab Qozoğiston SSRni, keyinçalik mustaqil Qozoğistonni boşqargan Nursulton Nazarboyev prezidentlik kursisini Qosim-Jömart Töqayevga bergandek köringandi. Lekin veto beriş huquqi, oliy hokimiyatning eng muhim tarmoqlarini qölida saqlab qolayotgan edi.
30 yillik Nazarboyevga nisbatan aholi orasida işonçsizlik yoki ma’lum bir nafrat şakllangan edi. Mana şu tandem – ikkilik (Nazarboyev–Töqayev) Qozoğistondagi ijtimoiy vaziyat beqarorlaşuviga sabab böldi.

“Davlat ijtimoiy loyihalarni qisqartirgan edi”
— Oxirgi bir neça yilda jahon bozorida neft mahsulotlari narxi arzonlagaç, hukumat budjet daromadlari pasaygani bois, ijtimoiy loyihalarni qisqartirişga majbur bölgan edi. Şunday ekan, bu namoyişlarning birinçi sababi – ijtimoiy norozilik.
Dastlab, aholi boş kötarib, öz noroziligini bildirdi. Lekin, keyinçalik, hokimiyat tezda namoyişga munosabat bildirib, hukumatni tarqatib yuborganidan keyin, namoyişlar butun Qozoğistonga yoyilib ketdi. Hokimiyat bilmasdan, öylamasdan yoki bilib turib şunday xatolarga yöl qöydi va natijada lokal norozilik namoyişlari umummilliyga aylanib ketdi.
Avtokratiya
— Qozoğistondagi avtoritarizm – kuçli, boşqa davlatlar bilan iqtisodiy-siyosiy munosabatlarni yaxşi yölga qöya olgan diplomatik avtoritarizm edi. Şu bilan birga, dunyoda öz nomini poytaxtga qöydirgan boşqa davlat rahbari yöq. Qolaversa, özining tuğilgan kunini poytaxt kuni deb belgilagan boşqa prezident ham yöq. Haykallar, öz nomiga litseylar, universitetlar...va şaxsga siğinişni yuqori darajaga olib çiqqan avtoritarizm edi.


















