Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev 7 yanvar tongida terrorizmga qarşi kuraş böyiça ştab yiğilişi ötkazdi.

Töqayev qonun va tartibni saqlaş kuçlari qattiq işlayotgani, mamlakatning barça hududlarida konstitutsiyaviy tartibning katta qismi tiklangani, mahalliy hokimiyat idoralari vaziyatni nazorat qilayotganini ma’lum qildi.

Şu bilan birga, qurolli şaxslar haligaça Qozoğiston aholisining mulkiga zarar yetkazayotganini aytib, ularga qarşi oxirigaça kuraşiş kerakligini ta’kidladi.

Mamlakatda temir yölda yölovçi va yuk taşiş tiklangan. Olmaota aeroporti faoliyati tez vaqt içida tiklanişi aytilgan. Rossiyalik tinçlikparvar kuçlar Qozoğiston huquq-tartibot organlari bilan birgalikda aeroportni töliq nazorat qilmoqda.

Qozoğiston hududida tun-u kun işlovçi 70 blokpost örnatilgan, şundan oltitasi Nur-Sulton atrofida. Olmaotada qurolli kuçlar strategik ahamiyatga ega obektlarni qöriqlamoqda va köçalarda «tozalaş» işlari olib bormoqda.

Tadbirkorlar milliy palatasi ma’lumotiga köra, Qozoğistondagi tartibsizliklar oqibatida tadbirkorlar körgan zarar miqdori 200 mln dollar atrofida, 848ta biznes sub’yekti va 1021 obekt ziyon körgan.

Tartibsizliklarda qatnaşgan 26 «jinoyatçi öldirilgan»

Qozoğiston Içki işlar vazirligi barça hokimliklar va içki işlar idoralari ustidan nazorat tiklanganini e’lon qildi.  Sönggi ma’lumotlarga köra, maxsus operatsiyalar davomida xavfsizlik kuçlari 3 mingdan ortiq qonunbuzarni hibsga olgan, 26 nafar «qurolli jinoyatçi» öldirilgan, yana 18 nafari yaralangan.

Tartibsizliklar çoğida 18 nafar xavfsizlik xizmati xodimi halok bölgan, yana politsiya va Milliy gvardiya harbiy xizmatçilaridan 748 nafari yaralangan.

Prezident administratsiyasi rahbari örinbosari Dauren Abayev xabar berişiça, avvaliga politsiya va Milliy gvardiya kuçlari namoyişçilarga öt oçmayotgandi, «ammo keyin tinç namoyişçilar ovozlari provokatorlarning zöravonlik va tartibsizliklarga çorlovlari ostida qolib ketgan». Abayevning sözlariga köra, «olomonni qurollangan banditlar va terrorçilar boşqara boşlagan», bu guruhlar talonçilik bilan şuğullanib, qurol dökonlariga hujum qilişgan, Olmaotadagi ma’muriy binolar va telekanallar ofislarini egallab, talon-taroj qilişgan. Abayev terrorçilar orasida professional snayperlar bölganini va ular kuçişlatar tuzilmalar vakillariga hujum qilganini aytib ötgan.