Daniya harbiy razvedkasi (FE) boşliği lavozimidan vaqtinça çetlaştirilgan Lars Findsen bir oydan ortiq vaqtdan buyon hibsda saqlanmoqda, deb xabar berdi ğarb OAV.

Xabarlarga köra, u maxsus xizmatlardan axborot sizib çiqib ketişida gumonlanib hibsga olingan. 

Daniya mudofaa vazirligi maxsus xizmatining 54 yoşli rahbariga qanday ayblov qöyilgani hozirça ma’lum qilinmayapti.

9 dekabrda Daniya politsiya xavfsizlik xizmati (PET) FE va PET taşkilotlarining tört nafar xodimi öta maxfiy ma’lumotlarni berişda gumonlanib hibsga olinganini xabar qilgandi. 

DR va TV2 telekanallarining ma’lumot berişiça, hozirda faqat Findsen hibsda saqlanmoqda. U barça ayblovlarni inkor qilmoqda.

Findsen 2015 yilda harbiy razvedka boşliği lavozimiga tayinlangan, 2020 yil avgustda maxsus xizmatlar ustidan nazorat idorasining tanqidiy hisobotidan söng lavozimidan vaqtinça çetlatilgandi.