2022 yil uçun “El-yurt umidi” jamğarmasi kvotalari 420 örin etib belgilandi. Bu haqda 12 yanvar kuni AOKAda bölib ötgan matbuot anjumanida "El-yurt umidi" jamğarmasi ijroçi direktori örinbosari Javohir Ahmedov ma’lum qildi.
“Jamğarma tomonidan 140 dan ortiq vazirlik, idora va taşkilotning xorijda ta’lim oliş uçun real ehtiyoji örganilganda, jami 2068 öringa, jumladan, bakalavriatga 253 örin, magistraturaga 1259 örin va doktoranturaga 556 öringa ehtiyoj mavjudligi aniqlandi.
Mazkur ehtiyojlardan kelib çiqib, xorijiy davlatlarda bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari asosida ta’lim oliş uçun 2022 yilga möljallangan stipendiyalar kvotasi 420 örin etib tasdiqlangan.
Jamğarma dasturlari kesimida bakalavriatga 120 örin, magistraturaga 180 örin va doktoranturaga 120 örin ajratilgan”, - dedi direktor örinbosari.
Ta’kidlanişiça, 2020 yildan boşlab har yili tanlov asosida tanlab olingan 20 nafargaça nogironligi bölgan iqtidorli yoşlar xorijiy davlatga ta’lim olişga yuborilgan. Joriy yilda uşbu körsatkiçni oşirişga ustuvor e’tibor qaratiladi.
Uning sözlariga köra, stipendiyaga nomzodlar hujjatlarini qabul qiliş joriy yil 10 yanvardan 10 fevralga qadar, saralaş tanlovini ötkaziş esa 10 fevraldan 10 martga qadar amalga oşiriladi.
Stipendiya tanlovlarida kimlar qatnaşa oladi?
Javohir Ahmedovning sözlariga köra, jamğarma stipendiati böliş uçun nomzodda xorijdagi rivojlangan mamlakatlardagi TOP-300talikka kiruvçi universitetlarning taklifnoma xati bölişi kerak. Bu xatning mavjudligi öz navbatida jamğarma stipendiya tanlovlarida qatnaşiş imkonini beradi.
“ Mabodo, nozmod taklifnoma xati olgan universitet 300 talikka kirmagan bölsa-yu, soha böyiça 100talikka kiritilgan bölsa, ular ham jamğarma stipendiya tanlovida iştirok etişi mumkin böladi”, - dedi u.
Eslatib ötamiz, avvalroq kelgusida “El-yurt umidi” stipendiatlaridan özbek tili va adabiyotini biliş talab etilişi ma’lum qilingandi.
Şuningdek, stipendiatlarga yuridik şaxslardan taşqari jismoniy şaxslar ham moliyaviy kafil bölişi mumkinligi hamda keyingi beş yilda “El-yurt umidi” jamğarmasi tomonidan xorijga öqişga yuboriladigan talabalar soni 700 nafarga yetkazilişi aytilgandi.
2021 yilning avgust oyida esa “El-yurt umidi” jamğarmasi faoliyatiga özgartirişlar kiritildi.
Ma’lumot örnida, 2021 yilda “El-yurt umidi” jamğarmasiga mutaxassislarni xorijda tayyorlaş uçun 142,6 mlrd söm ajratilgan bölsa, 2022 yilda bu mablağ 170 mlrd sömni taşkil qilişi kutilmoqda.












