12 noyabr kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida «El-yurt umidi» fondiga oid bir qator yangiliklar ma'lum qilindi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar qilmoqda.
Xususan:
- Keyingi besh yilda “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan xorijga o‘qishga yuboriladigan talabalar soni 700 nafarga yetkaziladi;
- Yangi tartibga ko‘ra, endi stipendiatlikka nomzodlarni saralash jarayonida ularning o‘zbek tili va adabiyotini bilish darajasiga ham e'tibor qaratiladi;
- Navbatdagi stipendiya tanlovi 2022 yil yanvar oyida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda;
- Endi stipendiatlikka nomzodlar uchun yuridik shaxslardan tashqari, jismoniy shaxslar ham (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi yoki ularga tenglashtirilgan boshqa shaxslar) moliyaviy kafil bo‘la oladi;
- «El-yurt umidi» jamg‘armasi vasiylik kengashining 2021 yil 30 sentyabrdagi qaroriga muvofiq, 272 o‘ringa mo‘ljallangan navbatdagi 3-stipendiya tanlovida 141 nafar nomzod stipendiat deb e'tirof etilgan. Qolgan o‘rinlar bo‘sh qolgan.






