«Özbekiston Respublikasi Prezidentining yoşlar bilan oçiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oşirişga doir çora-tadbirlar töğrisida»gi prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga köra, 2025 yildan «El-yurt umidi» jamğarmasining yangi stipendiya yönalişi sifatida «Yorqin iste’dod» loyihasi joriy etiladi.

Bunda quyidagilar nazarda tutiladi:

  • har yili iqtidorli, bilimga çanqoq, oğir oilaviy şaroiti sababli öqiş imkoniyatiga ega bölmagan kambağal oilalar farzandlarini xorijda öqitiş maqsadida har bir mahalladan faol yoşlarni saralaş;
  • saralab olingan yoşlarning iqtidorini aniqlaş orqali ularni salohiyatiga mos xorijiy oliygohlarga yuboriş uçun tayyorgarlik kurslarida öqitiş.

«El-yurt umidi» jamğarmasiga joriy yilda «Yorqin iste’dod» loyihasi uçun 300 milliard söm ajratiladi.

«El-yurt umidi» jamğarmasi orqali xorijiy mamlakatlarda ta’lim olib qaytgan stipendiatlar milliy kadrlar zaxirasiga töğridan-töğri kiritiladi hamda ular davlat organlari, taşkilotlari va muassasalariga işga tanlovsiz olinadi