Vazirlar Mahkamasi tomonidan «El-yurt umidi» jamğarmasi faoliyatiga hamda ta'limga oid qonunçilik takomillaştirilganligi munosabati bilan Özbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş, şuningdek, ba'zilarini öz kuçini yöqotgan deb hisoblaş töğrisida»gi qaror qabul qilindi.
Hujjat «Ta'lim töğrisida»gi qonunga, prezidentning 11.02.2021 yildagi «Davlat xizmatçilari va mutaxassislarni xorijda tayyorlaş hamda ularning salohiyatini yanada oşiriş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi PF-6168-son farmoniga hamda 11.05.2021 yildagi «Xizmatlar sohasini jadal rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi PQ-5113-son qaroriga muvofiq qabul qilingan.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi mutaxassislarni xorijda tayyorlaş va vatandoşlar bilan muloqot qiliş böyiça «El-yurt umidi» jamğarmasi Prezident huzuridagi Davlat xizmatlarini rivojlantiriş agentligiga ötkazildi.
Birinçidan, Samarqand iqtisodiyot va servis institutining professor-öqituvçilarini maqsadli stajirovka orqali qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş «El-yurt umidi» jamğarmasiga yuklandi (ilgari uşbu vazifalar «Iste'dod» jamğarmasiga yuklangan edi). Şuningdek, «El-yurt umidi» jamğarmasi tomonidan qişloq va suv xöjaligi tizimidagi oliy ta'lim muassasalarining professor-öqituvçilarini qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş işlari maqsadli mablağlar hisobidan stajirovka ötaş orqali amalga oşiriladi.
Ikkinçidan, Nodavlat ta'lim xizmatlari körsatiş sohasidagi faoliyatni litsenziyalaş tartibi töğrisidagi nizomning 3-bandi yangi xatboşi bilan töldirildi, unda oliy ta'lim va oliy ta'limdan keyingi ta'lim turlari böyiça litsenziyada, şuningdek kadrlarni qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş hamda maktabdan taşqari ta'lim turlari böyiça xabardor qiliş tartibida faoliyat yuritişga qöyiladigan talab va şartlarda masofaviy ta'lim beradigan yönalişlar va ixtisosliklar körsatiladi.
Uçinçidan, 21.08.2019 yildagi «Umumiy örta ta'lim muassasalarida xorijiy tillarni öqitişni yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi 701-son VMQning 6-bandi yangi tahrirda berildi. Unga muvofiq Xalq ta'limi vazirligi va «El-yurt umidi» jamğarmasiga 2020-2021 öquv yilidan boşlab Xalq ta'limi vazirligi uçun Davlat budjetida nazarda tutilgan maqsadli mablağlar, buyurtmaçilarning budjetdan taşqari mablağlari va qonunçilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boşqa manbalar hisobiga (ilgari – «El-yurt umidi» jamğarmasi mablağlari hisobidan) nemis, fransuz, ispan, yapon, koreys va xitoy tillari öqituvçilarini xorijiy mamlakatlarga malaka oşirişga yuborişni ta'minlaş topşirildi.












